Koʻrare

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'raredan yoʻnaltirildi)

Koʻrare (karibcha "koʻrari" soʻzidan) — chilibuxa va buddleyadoshlarga mansub (asosan, tropiklarda oʻsadigan) oʻsimliklar ekstraktini quyultirib olinadigan kuchli zahar. Tarkibida kurarin alkaloidlari bor. Qonga tushsa, nerv falajlanadi. Janubiy Amerikaning tub aholisi K.ni kamon uchini zaharlash uchun ishlatgan. K. yoki koʻraresimon moddalarni davo yoki tadqiqot maqsadida qoʻllash koʻrarizatsiya deyiladi. Tibbiyotda, asosan, sintez qilib olingan koʻraresimon moddalar qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil