Koʻngil aynishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'ngil aynishidan yoʻnaltirildi)

Koʻngil aynishi - toʻsh osti so hasida sodir boʻladigan oʻziga xos noxushlik hissi; koʻpincha kusishdan avval ruy beradi. Ovqatdan zaharlanganda, qorin boʻshligʻi aʼzolari kasalliklarida, homiladorlikning boshlangʻich davrida, markaziy nerv sistemasi kasalliklari va shikastlanishlarida, oʻtkir yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Koʻngil aynishi appenditsit, xoletsistit kabi kasalliklarning dastlabki belgisi boʻlishi, shuningdek, surunkali kasalliklar ogʻirlashganda va moddalar almashinuvi boʻzilganda (mas, uremiyat va kandli diabetning zoʻrayish davrida), baʼzan qattiq hayajonlanganda, biror narsadan qattiq ranjiganda, kuyinganda kuzatiladi. Koʻngil aynishi bezovta qilaversa, uning sababini aniqlash va tegishli davo olish uchun vrachga murojaat qilish lozim.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil