Koʻmakchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'makchidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Koʻmakchi — yordamchi soʻzlarnit bir turi. Gapda ot yoki otlashgan soʻzlardan keyin kelib, vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon sintatik munosabatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. K. aslida mustaqil soʻzlardan hosil boʻlgan. Shunga koʻra, 2 guruhga boʻlinadi: 1) sof (asl) K.; 2) funksioval K. (koʻmakchi vazifasida qoʻllanuvchi soʻzlar). Sof K. mustaqil lugʻaviy maʼnolarini batamom yoʻqotgan yordamchi soʻz boʻlib, boshqa soʻzlar bilan birikkan holda turli munosabatlarni anglata-di: sayin, orqali, tufayli, yangligʻ, bilan va boshqa Funksional K. mustaqil maʼnoli soʻzlar boʻlib, maʼlum urinlardagiva koʻmakchi sifatida qoʻllanadi. Funksioval K.ning morfologik shakl va maʼno xususiyatiga koʻra turlari: 1) ot K. (tomon, yon, oʻrta va boshqalar); 2) s i fat K. (boshqa, qarshi, tashqari va boshqalar); 3) feʼl K. (koʻra, qarab, buylab va boshqalar); 4) ravish K. (burun, avval, ilgari va boshqalar).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil