Koʻltoʻsin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'lto'sindan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Koʻltoʻsin — Samarqand viloyati xududidagi tekislik. Qorachatogʻning shim. etagida, togʻ oldi botigʻining turli oqiziklar va koʻl choʻkindi jinslari bilan toʻlishidan hosil boʻlgan. Toʻsinsoy Qorachatogʻni kesib, Zarafshon vodiysiga chiqkandan soʻng koʻl suvi oqib chiqib ketgan. Yer yuzasi Tusinsoyga tomon nishab; yosh jarlar kesib oʻtgan. Koʻlning kulrang tusli gil jinslari togʻ yon bagʻrida 120 m gacha balandlikda uchraydi.

K. ekinzor va bogʻlarga aylantirilgan. Quruqsoy, Nukatsoy, Ilonlisoydan sugʻoriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil