Koʻktargʻoqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'ktarg'oqlardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Koʻktargʻoqlar (Alcedinidae) - koʻkqargʻasimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. Tanasining oʻz. 10—45 sm, boshi katta, boʻyni kalta, tumshugʻi uzun, yon tomondan siqilgan yoki asosi kengaygan. Oyoqlari juda kalta. 14 urugʻi, 88 turi maʼlum. Yer yuzining qutbga yaqin hududlaridan tashqari hamma joylarda tapqalgan, ayniqsa, Osiyo va Afrikaning tropik qismida turlari xilma-xil. Koʻpchilik turlari ozigʻini (hasharotlar, kemiruvchilar va boshqalar) quruqlikdan, ayrim turlari suvdan (baliqlar, hasharotlarni) tutadi. Suvga daraxt shoxidan yoki qirgʻoqdan shoʻngʻiydi. Daraxt kovagi, termitlar uyasi va hayvonlar inlariga uya quradi; 2—7 tadan tuxum qoʻyadi. Oʻzbekistonda moviy koʻktargʻoq (Alcedo atthis) barcha daryo va ariqlar boʻyida uya quradi. Moviy K.ning oʻz. oʻrtacha 16,5 sm, orqa tomoni koʻk-yashil, yaltiroq, oyoqlari qizil. Jarliklardagi inlariga 6—7 ta tuxum qoʻyadi. K.ning bir qismi oʻz vatanida qishlab qoladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil