Koʻkaltosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'kaltoshdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Koʻkaltosh, Koʻkaldosh — 1) umu-man olganda, rizoʼiy (emishgan) bi-rodarlar, yaʼni biror doya (evaga)ni uning oʻgʻli bilan birgalikda emgan begona bola. Shunga koʻra, podshohning rizoʼiy’ birodariga "Koʻkaltoshxon" degan laqab berilgan. K. istilohi, "Gʻiyos ul-lugʻat" ("Lugʻatlar madadkori")da aytilishicha, turkiy "koʻka" ("evaganing oʻgʻli") va "tosh" yoki "dosh" ("sherik") soʻzlaridan iboratdir. Bu ikki soʻz orasidagi "l" harfi esa keyinchalik qoʻshilib qolgan boʻlib, ilgari boʻlmagan. "Koʻka"("aka") soʻzi hozirgi gacha qozoq tilida qoʻllanilib keladi; 2) oʻrta asrlarda Turkistonda, xususan, Buxoro xonligida mamlakat ichki xavfsizligini taʼminlash ishlari bilan shugʻullanuvchi amaldor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil