Kontent qismiga oʻtish

Koʻk kaptar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ko'k kaptardan yoʻnaltirildi)

Koʻk kaptar, yovvoyi kaptar (Columba livia) — kaptarsimonlar turkumiga mansub qushlarning bir turi; barcha xonaki kaptar zotlarining nasl boshi. Tumshugʻining qoraligi, qanotida qora yoʻllar koʻpligi, dumida oq yoʻllar boʻlmasligi bilan boshqa kaptarlardan ajralib turadi. Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda choʻl va dashtlardan tortib baland qorli choʻqqilargacha, shuningdek, shaharlarda tarqalgan. Oʻtroq qush, gala boʻlib yashaydi. Monogam, nari ham nasli uchun gʻamxoʻrlik qiladi. Daraxt shoxlari, jarliklar, togʻ qoyalarining yoriqlari va binolarning boʻgʻotlariga uya qurib, 2 ta tuxum qoʻyadi. 3 haftada jish bola ochadi. Bolasini dastlab jigʻildonidan ajratib chiqaradigan boʻtqa, keyinroq har xil donlar bilan oziqlantiradi. Bolasi uchirma boʻlgandan soʻng (1 oy), yana tuxum qoʻya boshlaydi. Bir mavsum davomida 4-martagacha tuxum qoʻyib, bola ochadi. Oʻsimliklarning urugʻi bilan oziqlanadi. Ovlanadi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil