Klod Adrian Gelvetsiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Klod Adrian Gelvetsiy (1715-1771 yy.)

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1789-yilda Fransiyada boshlangan inqilob tashkilotchilarining gʻoyaviy asoschilaridan edi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Aql to‘g‘risida“, „Inson, insonning aqli, qobiliyati, tarbiyasi haqida“ va boshqalar.

Taʼlimoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gelvetsiy moddiy dunyo va tabiatni materialistik nuqtayi nazardan tushuntirib, shu asosda jamiyat hodisalariga yondashishga intildi. Uning eng qimmatli g‘oyasi insonga, inson fe'l-atvoriga, xulq-xarakteriga qarashida namoyon bo'ladi. Uningcha, inson o‘zini o‘rab olgan muhit mevasi, inson fe'l-atvori, xulqi, xarakteri tug'ma emas, balki muhit, tajriba, tarbiya natijasi, hosilidir. To‘g‘ri, ushbu materialistik qoidasi bilan Gelvetsiy inson, inson fe'l-atvori, xulqi, xarakterini ilmiy tushuntirishga tirishdi, ajoyib ilg‘or-taraqqiyparvar nazariyani maydonga tashlab, fan rivojiga yuqori hissa qo‘shdi. Gelvetsiy hissiy taassurot, o‘zni sevish, kayflanib lazzatlanish, to‘g‘ri tushunilgan shaxs manfaati axloqining asosini tashkil qiladi, deydi. Insonlarning aqliy qobiliyatlarining tabiiy tengligi, fikri yutuqlarining sanoqsiz yutuqlari bilan birligi, inson- ning tabiiy yaxshi xulqliligi, tarbiyaning qudratliligi masalalari Gelvetsiy tizimining bosh momentlarini ifodalaydi. Demak, XVIII asrning 80-yillarigacha Fransiyada feodal tartib hukmron boiib, inson tengligiga putur yetib, unda tabaqalar, xo‘rlik, qullik, jaholat hukm surar edi. Gelvetsiy, bu inson tabiiy holatiga zid ekan uni o‘zgartirish lozim degan amaliy, inqilobiy natija chiqarib o‘sha davr inqilobchilariga adolatli kurashni tashkil etishlariga ilhom beradi, inqilobga boshchilik qilishlariga ma’naviy o'tkir qurol bo'ladi. Gelvetsiyning tarixiy xizmatlaridan уana biri shundaki, u Didro aytganidek, hamma bid'atlarga, eski, o‘rta asrchilik ko'zi bilan qaragan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarb falsafasi tarixi. Toshkent 2018