Kitobi Dada Qoʻrqud yodgorligi, Boku

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Kitobi Dada Qoʻrqud" yodgorligi — oʻgʻuz xalq dostoni " Kitobi Dada Qoʻrqud "ga bagʻishlangan yodgorlik. Ozarbayjonning Boku shahrida joylashgan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Kitobi Dada Qoʻrqud“ — turkiy qabilalarning bir guruhi, oʻgʻuzlarning qahramonlik haqidagi doston. Dostonda oʻgʻuz qahramonlarining zabt etilgan Kavkaz yerlarida oʻz hokimiyatini mustahkamlash uchun " kofirlar " bilan urushi haqida hikoya qilinadi. Dostonning uygʻunlashuvi Markaziy va Oʻrta Osiyoda sodir boʻlgan, ammo soʻngi shakli hozirgi Ozarbayjon hududida shakllangan. Dostondagi rivoyat va qoʻshiqlar XIII asr boshlarida yaratilgan boʻlib, saqlanib qolgan yozma yodgorliklar esa XV asrdan oldin tuzilgan deb hisoblanadi. 2018-yilda Ozarbayjon, Qozogʻiston va Turkiya nomidan YuNESKOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan[2].

Yodgorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda imzolangan „Monumental haykaltaroshlik yodgorliklari va meʼmoriy majmualar toʻgʻrisida“gi farmoyishga asosan Dada Qoʻrqud haykali oʻrnatish toʻgʻrisida buyruq berilgan. Qurilish va obodonlashtirish ishlari natijasida 6 gektar maydonda „Dada Qoʻrqud“ bogʻi barpo etilib, uning markazida haykal oʻrnatilgan. Yodgorlik muallifi Goʻrush Babayevdir. Yodgorlik 2013-yilda Boku shahrining Narimanov tumanida, Dada Qoʻrqud bogʻida oʻrnatilgan[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]