Kirill Nikolayevich Bedrinsev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bedrinsev Kirill Nikolayevich (1907.1.4, Kerki - 1995.7.4, Toshkent) — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1962), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), iqtisod fanlari doktori (1961), professor (1964). Oʻrta Osiyo davlat universitetining iqtisod fakultetini tugatgan (1929). 1930— 40 yillarda Oʻzbekiston davlat rejalashtirish idoralarida ishladi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisod institutida katta ilmiy xodim (1943 — 49), ishlab chikaruvchi kuchlarni joylashtrish boʻlimining rahbari (1950 — 85) va Respublika Ishlab chikaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashi (SOPS) raisining oʻrinbosari (1962 — 85). 1985 yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish kengash maslahatchisi. Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyoda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va ri-vojlantirish masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). "Shuhrat" medali bilan mukofotlangan (1994).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil