Kipp effekti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kipp effekti (latent effekti) — metallograf bosib chiqarish yordamida yashirin tasvirlarni yaratish usulidir. Varaq aks ettirilgan yorugʻlikda oʻtkir burchak ostida koʻrilganda tasvir koʻrinish imkoniyatiga ega boʻladi. Ushbu effektga bir xil relyefli kichik kenglikdagi parallel chiziqlarning yashirin (latent) tasviri tufayli erishiladi. Bu relyefda oldingi chiziklar fon chiziqlariga perpendikulyar holda joylashadi.

Banknotning yoʻnalishiga qarab tasvirlar toʻqroq yoki och boʻlishi mumkin. Effekt qimmatli qogʻozlarni qalbakilashtirishdan himoya qilish usullaridan biri sifatida ishlatiladi. Koʻrish burchagiga qarab oldingi yoki orqa fon ochroq tusda boʻladi[1]. Ushbu xavfsizlik elementining kamchiligi oddiy foydalanuvchi uchun uni payqash oson emasligidir[2].

Kipp effekti, masalan, Rossiya rublida qoʻllaniladi. Shunday qilib 100 rubllik banknotning old tomonining pastki qismida burchakdan qaralganda PP harflari paydo boʻlib, ular yoʻnalishiga qarab toʻqroq yoki ochroq rangga aylanadi[2].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Авдошин В. В.. Определение подлинности и платёжеспособности денежных знаков, 4-е изд., испр. и доп., М.: ИнтерКрим-пресс, 2017 — 100 bet. ISBN 978-5-9286-0168-3. 
  2. 2,0 2,1 Ionov V. M. Texnologii obrabotki denejnoy nalichnosti: biznes-ensiklopediya. — Moskovskiy finansovo-promishlenniy universitet „Sinergiya“; TsIPSiR, 2012.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • A. Mernikov. Rossiya puli. Qadimgi Rossiya tangalaridan zamonaviy banknotlarga // M.: AST, — 2015. 240 b. (226-bet). ISBN 978-5-17-098875-4.
  • B. A. Zvonarev, L. M. Pryajnikova Rossiya Bankining banknotlari va tangalari: banknotlarning haqiqiyligini aniqlash boʻyicha maʼlumotnoma / Rossiya Banki, Rossiya Ichki ishlar vazirligining sud-tibbiyot markazi. 3-nashr, rev. va qoʻshimcha // M.: InterKrim-press, — 2001. 32 b. (S. 7). ISBN 5-9286-0020-8.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]