Kinovar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kinovar — tabiatda koʻp uchraydigan mineral boʻlib, simob madani hisoblanadi. Kinovar grekcha kivvabari „ajdarho qoni“ degan maʼnoni anglatadi.

Kimyoviy tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kinovar Hg 86,2 %, S 13,8 % tarkip topgan, tarkibida qoʻshimcha tarzda selen, surma, mis, tellur moddalari oz miqdori uchraydi. Kaliy sulfid yoki natriy eritmasida parchalanadi.

  • Optik xossalari: rangi yorqin qizil, jigarrang-qizil, chizigʻining rangi -qizil, yaltiroqligi- kuchli polumetalli, shaffofligi — yarimshaffof.
  • Mexanik xossalari: ulanishi — mukammal, qattiqligi — 2-2,5, zichligi-8,09-8,2, moʻrt.
  • Boshqa xossalari: elektr tokini oʻtkazmaydi, sogʻliq uchun xavfli!

Diagnostik belgilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzining qizil rangi, qattiq emasligi va yuqori zichligi bilan boshqa minerallardan oson ajratish mumkin.

Hosil boʻlishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kinovar yer yuzasiga yaqin gidrotermal konlarda asosan kvarts, kaltsit, barit, antimonitit, pirit, galenit, markazit minerallari bilan birga, kamdan -kam hollarda sof oltin bilan birga hosil bo‘ladi. Eng qadimgi kinovar konlaridan biri — Fargʻona vodiysining Qirgʻiziston qismidagi Xaydarkon („Buyuk kon“) boʻlib, u yerda koʻplab qadimiy asarlarning izlari ham saqlanib qolgan: yirik ishlanmalar, metall xanjarlar, lampalar, kinovarni pishirish uchun loydan yasalgan retortlar. Arxeologik qazishmalar shuni ko‘rsatadiki, Farg‘ona vodiysida kinovar ko‘p asrlar davomida qazib olingan va faqat XIII-XIV asrlarda, Chingizxon va uning vorislari bu yerdagi hunarmandchilik va savdo markazlarini vayron qilgandan so‘ng, aholi ko‘chmanchi turmush tarziga o‘tganidan so‘ng, Farg‘onada ruda qazib olish ishlari olib borish toʻxtatilgan. Ammo XX asrning oʻrtalarida u Xaydarkon konida (Qirgʻiziston) faol ravishda qayta tiklandi. Qadim zamonlarda kinovar nafaqat simob manbayi, balki almashtirib boʻlmaydigan va qimmat mineral pigment sifatida ham qazib olingan. Dunyodagi eng yirik simob koni Almaden Ispaniyada joylashgan boʻlib, u yaqin vaqtgacha jahon simob ishlab chiqarishining qariyb 80 % tashkil qiladi. Oqsoqol Pliniy oʻz yozuvlarida ham Rim Ispaniyadan har yili 4,5 tonnagacha simob sotib olganini eslatib oʻtadi. Kinovar qizil rangli tabiiy pigment olish uchun Rim imperiyasida qazib olingan. Bundan tashqari Serbiya, Sloveniya, AQSh da ham yirik kinovar konlari joylashgan. Simob va oltingugurtni eritib, sunʼiy kinovar olish texnologiyasi qadimgi davrlardan maʼlum boʻlgan. Birinchi marta sunʼiy kinovar shu usulda Xitoyda olingan. Sharqda arab alkimyogari Jobir 8-9-asrlardayoq sunʼiy kinovar olish haqida oʻzining asarlarida takidlab oʻtgan. Sunʼiy kinovarni laboratoriya tayyorlashning ikkita asosiy usuli mavjud: quruq va nam. Quruq usulda simob kerakli miqdorda oltingugurt bilan aralashtiriladi va yopiq retortda qizdiriladi. Bu qora simob sulfidini hosil qiladi. Keyin qora simob sulfid qizdirilganda sublimatsiyalanadi va kondensatsiyalanadi. Natijada qizil simob sulfid hosil boʻladi. Nam usul Germaniyada XVIII asr oxirida qoʻllanila boshlandi. Simob va oltingugurt suv ishtirokida birga maydalangan, keyin aralashmaga kaustik natriy (NaOH) qoʻshilgan. Silliqlashdan keyin qora simob sulfid qizil rangga aylanadi. Yaxshilangan protsedurada kaustik soda oʻrniga kaliy pentasulfidi qoʻshiladi. Shuni yodda tutish kerakki, suyuq simob va uning suvda eriydigan tuzlari bilan har qanday manipulyatsiyalar oʻta ogʻir zaharlanish bilan odamlar uchun xavflidir va shuning uchun sunʼiy kinovarni barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda faqat laboratoriya sharoitida tayyorlashga ruxsat beriladi. Quruq usulda olingan kinovar zarralari mikroskop ostida bu pigmentning nam jarayonda olingan zarralaridan ancha kattaroq koʻrinadi. Sunʼiy kinovarning jiddiy kamchiligi shundaki, vaqt oʻtishi bilan u rangni kulrang yoki deyarli qora rangga oʻzgartirishi mumkin, bu koʻpincha siyoh qatlamida kuzatiladi. Sogʻliq uchun xavf Barcha simob birikmalari singari, kinovar ham zaharli hisoblanadi. Qizdirilganda uning xavfi ortadi, chunki havoga zaharli moddalar — oltingugurt dioksidi (SO2), simob va uning bugʻlari chiqariladi. Bu esa ogʻir zaharlanishga olib keladi va sogʻliq va hayotga tahdid soladi.

Qoʻllanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kinovar zargarlikda, tibbiyotda turli xil kasalliklarni davolashda, simob va qizil rangli tabiiy pigment olishda foydalaniladi

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]