Xemotropizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kimiotropizmdan yoʻnaltirildi)

Xemotropizm (xemo... va tropizm), kimiotropizm — kimyoviy moddalarning bir yoklama taʼsirida oʻsimlik organlarining burilib oʻsishi (oʻsuv yoʻnalishini oʻzgartirishi). Baʼzi moddalar oz miqdorda musbat X. (oʻsimlik organlarining taʼsirot tomonga qarab oʻsishi) koʻp miqdorda esa manfiy X. (organlarning taʼsirot tomondan qaramaqarshi tomonga qarab oʻsishi) hosil kiladi. Chang naychalarining urugʻkurtakka qarab oʻsishida, zamburugʻlar gifasining xoʻjayinoʻsimlik toʻqimasiga qoʻshilib oʻsib ketishida, ildizning oʻgʻit donalari tomonga qarab oʻsishida X. kuzatiladi.