Kim Yu-bin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kim Yu-bin
김유빈
190402 유빈.jpg
Tavalludi
Kim Yu-bin

4-oktabr 1988-yil (1988-10-04) (34 yosh)
Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • repper
  • aktrisa

Kim Yu-bin (1988-yil 4-oktabrda tugʻilgan), Yubin nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi, repper, qoʻshiq yozuvchi va aktrisa. U Janubiy Koreyaning „Wonder Girls“ qizlar guruhining aʼzosi boʻlgan. U oʻzining yakkaxon debyutini 2018-yilda „Lady“ singli bilan qilgan va oʻshandan beri musiqa yaratishda davom etmoqda.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U dastlab "Good Entertainmentʼ ostida „Five Girls“ guruhi aʼzosi sifatida G.NA, „After School“ guruh aʼzosi Uee, „Secret“ guruh aʼzosi Jun Hyo-seong, va „Spica“ aʼzosi Yang Ji-von bilan birga debyut uchun tanlangan edi. Biroq, guruh 2007-yilda rejalashtirilgan debyutidan biroz oldin „Good Entertainment“ning moliyaviy muammolari tufayli tarqalib ketgan va barcha aʼzolar Janubiy Koreyaning alohida sanʼat kompaniyalariga ketishgan[1].

Yubin 2007-yil 7-sentabrda „Wonder Girls“ guruhining yangi aʼzosi sifatida debyut qilgan. U Hyuna oʻrniga guruhning asosiy reperi sifatida tanishtirilgan. U asosan „Wonder Girls“ guruhining reperi sifatida tanilgan boʻlsa-da, Yubin vaqti-vaqti bilan guruhga qoʻshimcha vokalchi sifatida ishlaydi. Bunga misol qilib, „This Time“ va „Wishing on a Star“ qoʻshiqlari kiradi. Guruh bilan ishlashdan tashqari, u bir nechta kliplarda, jumladan, leybldoshi „2PM“ guruhining „10 Out of 10“ va „Shinhwa“ guruhining „Once in a Life Time“ kliplarida suratga tushgan. Yubin shuningdek, bir nechta turli sanʼatkorlarning singllarida ishtirok etgan. U „Shinhwa“ning Andy Lee, Lee Min-woo, Kim Bum-soo va Chun G. bilan birga 2008-yilda u "MBC"ning mashhur sitkomida qisqa rol ijro etgan.

2020-yil may oyida Yubin oʻzining „Yaya (Me Time)“ singlini chiqargan, u birinchi boʻlib oʻzining „RRR Entertainment“ (odatda barcha kichik harflarda stiliziatsiya qilingan) nomli musiqiy leybli ostida chiqqan[2]. Oʻshandan beri u 2020-yil dekabr oyida „CLEF Entertainment“ bilan hamkorlikda „Traveller“ loyihasida maxsus „Wave“ singlini yaratgan[3][4].

Uning keyingi bosh singli „Parfume“ 2021-yil yanvar oyida yakkaxon albomi bilan chiqqan[5]. Oʻsha yili u "MBC" telekanalining „Snow Flower“ rolida „King of Mask Singer“ dasturida ishtirok etgan. U, shuningdek, „Goal Girls“ va „Weʼre Family“ serialining aktyorlar aʼzosi boʻlgan.

2022-yilda Yubin „The Last survivor“, „ Dating is Straight“ va „Queen of Ssireum“ telekoʻrsatuvlarida ishtirok etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kim JiYeon. „Spica's Yang Ji Won Talks Being the Last Five Girls′ Girl“. enewsWorld. CJ E&M (3-fevral 2012-yil). Qaraldi: 18-fevral 2015-yil.
  2. „Yubin Enjoys Her Freedom In Easy-Going "yaya (ME TIME)" MV“. Soompi. Qaraldi: 12-may 2020-yil.
  3. „Yubin (Wonder Girls) reveals preview of 'Wave' in making-of film“. allkpop. Qaraldi: 17-fevral 2021-yil.
  4. „Yubin returns as a groovy rapper in 'Wave' MV for 'Traveller' music project“. allkpop. Qaraldi: 17-fevral 2020-yil.
  5. „Yubin bathes in 'Perfume' in sweet MV“. allkpop. Qaraldi: 17-fevral 2021-yil.