Kim Seol-hyun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kim Seol-hyun
Tavalludi 3-yanvar 1995-yil (1995-01-03) (29 yosh)
Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • aktrisa

Kim Seol-hyun (1995- yil 3-yanvarda tugʻilgan), Seolhyun mononimi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U Janubiy Koreyaning „AOA“ qizlar guruhining aʼzosi boʻlib, „Orange Marmalade“ (2015), „My Country: The New Age“ (2019), "Awaken (2020-2021) dramalarida va „Memoir of a Murderer“ (2017) filmlarida rol ijro etgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda Seolhyun „8th Smart Model“ tanlovida gʻolib boʻlgan. Tadbirda bir nechta isteʼdod agentliklari ishtirok etgan va Seolhyunga hozirgi rahbariyati „FNC Entertainment“ hakam boʻlgan[1]. U shuningdek, „FT Island“ oʻgʻil bolalar guruhining „Grown-Up“ mini-albomidagi „Severely“ qoʻshigʻi uchun klipda ham suratga tushgan[2].

2012-yil 30-iyulda Seolhyun „Mnet“ning „M Countdown dasturida „AOA“ aʼzosi sifatida oʻzining „Angels' Story“ debyut albomidagi „Elvis“ qoʻshigʻi bilan ilk chiqshini qilgan[3]. Koʻp oʻtmay, u „My Daughter Seo-young“ teleserialida Lee Jung Shinning sevgan qizi rolini ijro etib aktyorisalik debyutini qilgan[4].

2013-yilda u „Ugly Alert“ kundalik dramasida rol ijro etgan. U oilaning kenja qizi, aktrisa boʻlishni orzu qilgan yorqin qiz obrazida namoyon boʻlgan.

Seolhyun birinchi marta „KBS“ telekanali „Brave Family“ (2015) estrada shousidagi chiqishi bilan eʼtiborni tortgan, shouda u tomoshabinlarning eʼtiborini oʻgʻil bolalarcha va qoʻpol xulq-atvori bilan oʻziga tortgan[5][6]. Oʻsha yilning oxirida u „SK Telecom“ reklama roligi orqali shuhrat qozongan, bu esa yangi yulduz uchun reklama takliflarining koʻpayishiga olib kelgan[6].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xayriya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil fevral oyida Kim va „CNBLUE“ guruhi aʼzosi Lee Jung-shin bilan kam taʼminlangan bolalar uchun 4-LOVE FNC maktabida koʻngilli boʻlib Myanmaning Kalav shahriga borishgan[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kim. „AOA 설현 "단축된 꿈으로 가는 길"“ (ko) (Interview). Star Daily (28-aprel 2015-yil). 14-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „FNC Unveils First Member Teaser For FT Island and CN Blue's Sister Group, Ace of Angels“. enewsWorld (16-iyul 2012-yil). 8-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2017-yil.
  3. Park HyunMin. „[Interview Part I AOA Lands on Earth on Angel Wings and Guitars“]. enewsWorld. CJ E&M (2-sentabr 2012-yil). 8-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2016-yil.
  4. „AOA's Seolhyun to Make Acting Debut in CNBLUE Lee Jung-shin's Drama“. TenAsia (30-oktabr 2012-yil). 2017-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  5. „The 'Brave Family' Travels The World To Learn About New Cultures“. BNTNews. 23-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyul 2015-yil.
  6. 6,0 6,1 „How Seol-hyun Became a Star in a Single Year“. The Chosun Ilbo. 28-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „[LOVE FNC 정신X설현, 미얀마에서 일어난 일“]. Naver (23-aprel 2018-yil).