Kim Mu Yeol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kim Mu Yeol (1982-yil 22-mayda tugʻilgan) — janubiy koreyalik aktyor. Musiqiy teatrdagi faoliyatidan keyin, Yeol birinchi boʻlib kinoda keyin esa televideniyada kamroq qismlardan iborat boʻlgan kichik rollarni ijro etadi. Ammo "Firibgarlik" (2009-yil) va "O‘qlar urushi" (2011-yil) nomli filmlaridagi ikkinchi darajali rollarida tomashabinlar tomonidan juda iliq qabul qilingan va yaxshi baholanganidan so‘ng, Kim Jung Ji Wooning "Muse" nomli 2012-yilda tasvirga olingan filmida o‘zining birinchi bosh rolini o‘ynadi va undan so‘ng koʻpgina bosh rollarni ijro etdi, mustaqil film sifatida esa All Bark No Bite roli alohida eʼtirofga sazovor boʻldi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kim Mu-Yeol musiqiy teatr aktyori sifatida ham debyut qilgan va u sahnada oʻynagan rollar orasida „Trill Me“ nomli filmidagi bolalar qotillari Richard/Nathan va „Yigitlar va qoʻgʻirchoqlar“ filmidagi qimorboz Sky Masterson nomli obrazlari ham bor edi[1]. U 2009-yilda Koreya musiqiy mukofotlarida "Bahor uygʻonishi " filmidagi Melchior nomli ijro etgan roli uchun „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida gʻolib boʻladi[2][3][4].

Kim ham sahnada, ham televideniya va kinoda kichik rollarda rol oʻynab oʻz faoliyatini toʻxtatmagan va 2009-yilda u „Firibgarlik“ nomli filmning bosh miyasi boʻlgan obligatsiya brokeri sifatida yordamchi roli bilan omma eʼtiborini qozona olgan[5]. "Oʻqlar urushi" davriy epik film ijrosi 2011-yilning eng katta xitlaridan biriga aylandi va uning obroʻsini yanada oshirib yuboradi[6]. 2012-yilda Kim provokatsion va psixologik jihatdan boy boʻlgan "A Muse" nomli filmi chiqqanidan soʻng yulduzlik darajasining yuqori pallasiga koʻtarildi, bu filmda esa aktyor ziddiyatli romanchi rolini oʻynagan edi[7].

Harbiy xizmati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil iyun oyida Kim oʻzining majburiy harbiy xizmatdan boʻyin tovlagani sababli jamoatchilikning tanqidiga uchradi. Koreya Taftish va Inspeksiya Kengashi (BAI) tomonidan eʼlon qilingan hisobot koʻra Kim 2001-yil mart oyida fizik tekshiruvdan soʻng ikkinchi darajali ishga yollanish uchun faol xizmat qilishga yaroqli deb topilgan. Biroq, u 2007-yildan 2009-yilgacha davlat xizmatiga imtihon topshirayotgani yoki mehnat taʼlimi muassasasiga qabul qilinganligi sababli keyinga qoldiriladi, ularning hech biri amalga oshmadi yaʼni davlat xizmatiga yoki mehnati taʼlim muassasasiga ham qabul qilimaydi. Xabarlarga koʻra, bu vaqt ichida u filmlar, musiqiy filmlar va televizion ishlardan taxminan ₩300 million ishlab topgan. 2009-yil dekabr oyida u kechiktirish uchun ruxsat etilgan 730 kunni ishlatib, harbiy xizmatga kirish toʻgʻrisida oxirgi xabarnoma oladi. U 2010-yil yanvar oyida tizzasidan jarohat olgani uchun harbiy maqomini oʻzgartirish toʻgʻrisida soʻrov yuborgan va yuborilgan soʻrovnomasi rad etilgan. Nihoyat, u „kam taʼminlangan shaxs“ va oilasini yagona taʼminlovchi boʻlganligi sababli haqiqiy imtiyoz beriladi. BAIning fikriga qaraganda, „Kimning daromadi qashshoqlik tufayli diskvalifikatsiya uchun belgilangan meʼyordan ancha yuqori“ deya fikrini aytgan. Shunday qilib, Harbiy kadrlar boshqarmasi oʻz vazifalariga beparvolik bilan munosabatda boʻlgan[8][9][10].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktyorning Twitter sahifasida tasodifan Kim Yoon Seung Ah shaxsiy xabar yozmoqchi bo‘lgan, bu romantik twitdagi holatdan so‘ng, ularning agentliklari bergan maʼlumotlar koʻra 2012-yilning fevralida ularning uchrashishayotganini tasdiqladi[11][12][13]. Kim va Yoon 2015-yil 4-aprelida turmush qurishdi[14][15][16].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Manbalar
2001-yil Saygon
2004-yil Baxtli Oila
2005-yil Bugun mening navbatim! !
2009-yil Firibgarlik Jo Min-hyeong
Ziyofatdan keyin Kim Xyon-Jun Telekino
2010-yil Janob taqdirni topish Aviakompaniya xodimi Cameo
Vertikal chegara Kishi Qisqa film
2011-yil Romantik jannat Dong Chi-sung Cameo
Oʻqlar urushi Seo-gun
2012-yil Qiyomat kitobi Ji-ho
Muso Seo Ji-Vu
All Bark No Bitte Sang-keun [17]
jeo-i-i-i-i -i-i-i-i-i-i-i-i-i-i-i- i-i-i-yoj loyihasi Qisqa film
2015-yil Shimoliy chegara chizigʻi Yun Yon-ha
2017-yil Tong jangchilari Gok-soo
Unutilgan Yu-Sok [18]
2018-yil Yuklab olish Min-jae
Illang: Boʻrilar brigadasi Xan Sang-vu
2019-yil Gangster, Politsiya, Iblis Jung Tae Suk [19]
2020-yil Bosqinchi Seo-jin
Halol nomzod Park Xi Cheol [20]
2021-yil Ovoz Pro Kwak [21]
2022-yil Halol nomzod 2 Park Xi Cheol [22][23]
Iblisning kelishuvi Kim Pil-do [24][25]
Roundup : Jazo Baek Chang-gi [26]

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Qoʻshiq nomi Trek
2009-yil „Mandy“ Wife Returns OST“ dan trek

Mukofotlari va nominatsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Mukofot Turkum Nomzod qilingan ish Natija
2000-yil Dongrang yoshlar sanʼati festivali „Aʼlo darajadagi“ mukofoti, aktyor Gʻolib
2007-yil 1-Daegu xalqaro musiqa festivali Eng yaxshi yangi aktyor Gʻolib
1-Musiqiy mukofotlar Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Meni hayajonlantir Nominatsiya
2009-yil 15-Koreya musiqa mukofotlari Eng yaxshi aktyor Bahor uygʻonishi Gʻolib
30-Moviy ajdaho film mukofotlari Eng yaxshi yangi aktyor Firibgarlik Nominatsiya
2010-yil 46-Baeksang sanʼat mukofotlari Eng yaxshi yangi aktyor (film) Nominatsiya
SBS Drama mukofotlari Dam olish kunlari/Kundalik dramadagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Xotin qaytib keladi Nominatsiya
2012-yil 21-Buil Film mukofotlari Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor T Nominatsiya
2018-yil KBS Drama mukofotlari[27] Bir pardali/maxsus/qisqa dramadagi eng yaxshi aktyor Nominatsiyasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lee. Guys and Dolls is a ball but marriage weighs it down“. Korea JoongAng Daily (2011-yil 11-avgust). Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  2. Chung. „Dreamgirls Sweeps Korea Musical Awards“. The Korea Times (2009-yil 27-oktyabr). 2015-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  3. Chung. „Spring Awakening Here in July“. The Korea Times (2009-yil 24-mart). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  4. Chung. „Spring Awakening Is Daring, Electrifying“. The Korea Times (2009-yil 20-iyul). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  5. Lee. „Park Yong-ha Returns as Scam Artist“. The Korea Times (2009-yil 7-yanvar). 2013-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  6. Lee. Arrow aims for new horizons“. The Korea Times (2011-yil 4-avgust). Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  7. Oh. „Preview: Eun Gyo (A Muse): A Story of Love and People“. enewsWorld. CJ E&M (2012-yil 26-aprel). 2012-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  8. Sunwoo, Carla. „Actor Kim Moo-yul was poor enough to dodge military service“. Korea JoongAng Daily (2012-yil 22-iyun). 2013-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-oktyabr.
  9. Lee, In-kyung. „Kim Moo Yul Involved in Military Scandal after Avoiding Duties“. enewsWorld (2012-yil 21-iyun). 2013-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-oktyabr.
  10. „High-Paid Actor Exempted from Draft for Poverty“. The Chosun Ilbo (2012-yil 22-iyun). Qaraldi: 2012-yil 6-oktyabr.
  11. Sunwoo. „Yoon and Kim confirm relationship“. Korea JoongAng Daily (2012-yil 20-fevral). Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  12. Lee. „Yun Seung Ah is Dating Kim Moo Yul“. enewsWorld (2012-yil 20-fevral). 2013-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  13. Lee. „Kim Moo Yul and Yun Seung Ah Cleverly Posts Date Picture Together“. enewsWorld (2012-yil 1-may). 2013-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  14. Sung. „Kim Moo-yeol, Yoon Seung-a to marry“. Korea JoongAng Daily (2015-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  15. „Yoon Seung-ah Unveils Pre-Wedding Pictures“. The Chosun Ilbo (2015-yil 11-mart). Qaraldi: 2015-yil 18-mart.
  16. „Yoon Seung Ah and Kim Moo Yeol look happy as can be in their lovely wedding pictorial with ELLE magazine“. Allkpop (2015-yil 11-mart). Qaraldi: 2015-yil 9-aprel.
  17. Song. „All Bark No Bite“. Jeonju International Film Festival. 2014-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-avgust.
  18. „KANG Ha-neul, GIM Mu-yeol Finish NIGHT OF MEMORIES“. Korean Film Biz Zone (2017-yil 23-iyun).
  19. „Don LEE, GIM Mu-yeol and KIM Sung-kyu Read Up on STORY OF VILLAINS“. Korean Film Biz Zone (2018-yil 14-avgust).
  20. „RA Mi-ran, GIM Mu-yeol and NA Moon-hee Campaign for HONEST CANDIDATE“. Korean Film Biz Zone (2019-yil 26-iyun).
  21. Jo Ji-young. „[공식 변요한X김무열 만난 '보이스', 9월 개봉 확정..韓최초 보이스피싱 범죄물 탄생“] (ko). Sports Chosun. Naver (2021-yil 10-avgust). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  22. Lee Ha-rim. „라미란 '청룡' 안긴 주상숙 컴백…'정직한 후보2' 크랭크인“ (ko). TheFact. Naver (2021-yil 6-avgust). Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
  23. Kim Hyun-rok. „진실의 주둥이 컴백…라미란 '정직한 후보2', 9월 28일 개봉 '확정'[공식“] (ko). spoTV News (2022-yil 17-avgust). Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  24. Jo Yeon-kyung. „조진웅X이성민X김무열 '대외비:권력의탄생' 크랭크인[공식“] (ko). isplus.live (2020-yil 5-may). Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.
  25. Yang Yu-jin. „조진웅X이성민X김무열 '대외비', 제25회 판타지아 국제영화제 공식 초청“ (ko). My Daily (2021-yil 22-iyul). Qaraldi: 2021-yil 22-iyul.
  26. Kim Bo-ra. „마동석 '범죄도시4' 오늘 크랭크인…김무열·이동휘·이주빈 합류[공식“] (ko). Osen (2022-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-noyabr.
  27. Jo. „[2018 KBS 연기대상 장동윤·윤박·이일화·이설 연작 단막극상 수상“] (ko). Sports Donga (2018-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kim Moo-yeol at HanCinema
  • Kim Mu-yeol at the Korean Movie Database
  • Kim Mu-yeol IMDbda