Kim Ge Sun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kim Ge Sun
Tavalludi 25-sentyabr 1925-yil
Vafoti 28-sentyabr 1969-yil(1969-09-28)
(44 yoshda)
Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Kim Ge Sun (1913-yil 25-sentyabr, Dondoxon, Primorsk oʻlkasi – 1969-yil 28-sentyabr, O'zbekiston SSR, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani[1]) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidagi „Sverdlov“ nomidagi kolxoz aʼzosi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951)[2][3].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kim Ge Sun 1913-yilda Olgin tumani Dondoxon qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan.

Kim Ge Sun 1923-yilda tugʻilib oʻsgan qishlogʻida boshlangʻich maktabni tugatdi. 1930-yilgacha uyda dehqonchilik bilan shugʻullangan. 1930-yilda Budennovskiy tumanidagi Pavlovskiy baliqchilik kolxoziga ishga kirdi. 1933-yildan Vladivostokdagi Koreya pedagogika institutida tahsil olgan.

1937-yilda Qozogʻiston SSRning Qizil Oʻrda shahriga surgun qilingan. 1940-yilgacha Qizil Oʻrda Koreya pedagogika institutida oʻqigan, soʻngra Oʻzbekistonga koʻchib kelgan. U Yuqori Chirchiq tumanidagi Sverdlov nomidagi kolxozda oddiy kolxozchi boʻlib ishlagan. 1941-yilda shu kolxozga dala ekinlari brigadasi brigadiri etib tayinlanadi. 1956-yilda u Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasiaʼzoligiga qabul qilindi.

1950-yilda Kim Ge Sun boʻlinmasi 34,8 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 88,9 sentnerdan yashil kanop poyasi oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 22-maydagi farmoni bilan u Lenin ordeni va "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Ikki marta Moskvadagi Butunittifoq xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasida qatnashgan (1958, 1962).

Kim Ge Sun 1969-yil 28-sentyabrida vafot etdi. Umrinining oxirigacha Sverdlov nomidagi kolxozda ishladi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
  • З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5
  • Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992
  • Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
  • Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
  • Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
  • Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]