Kim Chen Sek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kim Chen Sek
Tavalludi 19-may 1923-yil
Spassk-Primorskiy, Uzoq Sharq oʻlkasi, Rossiya SFSR
Vafoti 11-sentyabr 1978-yil(1978-09-11)
(55 yoshda)
Bataysk, Rostov viloyati
Mukofotlari

Kim Chen Sek (1923-yil 19-may, Spassk-Primorskiy – 1978-yil 11-sentyabr, Bataysk, Rostov viloyati[1]) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanidagi Mikoyan nomidagi kolxoz aʼzosi[2]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kim Chen Sek 1923-yil 19-mayda Spassk-Primorskoyeda tugʻilgan. 1937-yilda O‘zbekiston SSRning Toshkent viloyatidagi maxsus posyolkaga surgun qilingan. Toshkent viloyatida oʻrta maktabning toʻqqizinchi sinfini tugatgan. Keyinchalik Quyi Chirchiq tumani Mikoyan nomidagi kolxozda oddiy kolxozchi, dala mudiri boʻlib ishlagan.

1950-yilda Kim Chen Sek jamoasi 5 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 96,9 sentnerdan yashil kanop poyasi olgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 17-iyuldagi farmoni bilan unga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining barcha turlari boʻyicha shartnomalarni bajargani va sugʻoriladigan yerlarda yashil kanop poyasidan yuqori hosil olgani uchun Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni hamda „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali bilan taqdirlangan.

Kim Chen Sek 1954-yildan boshlab Quyi Chirchiq tumani univermagi direktori boʻlib ishlagan. 1950-yillarning oʻrtalaridan boshlab u Rostov viloyatida yashab, Veselovskiy tumanidagi „Krasniy Manych“ fermasida va Stalin nomidagi kolxozda boshqaruvchi boʻlib ishlagan. 1960-yillarda Vladivostok yaqinidagi Vesennyaya stansiyasida yashagan. Keyinchalik Dalzavodda oddiy ishchi boʻlgan. Soʻngra u 1967–1968-yillarda "Sovet Rossiyasi" kit ovlash flotiliyasida dengizchi boʻlib ishlagan.

1970-yillarda Rostov viloyatiga koʻchib oʻtadi. Kim Chen Sek 1973-yil 11-sentyabrda Batayskda vafot etgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
  • Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
  • Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]