Kengaytirilgan virtuallik
Kengaytirilgan virtuallik (ing:augmented virtuality, AV) – bu real dunyo ob’ektlari mavjud boʻlgan virtual haqiqat. Aralash haqiqatga ishora qiladi . Kengaytirilgan virtuallik real va virtual obyektlarning barcha variantlari va kompozitsiyalarini qamrab oluvchi voqelik-virtuallik uzluksizligi qismidir. AV kontseptsiyasi real vaqtda virtual dunyo bilan oʻzaro taʼsir oʻtkazish qobiliyatiga ega boʻlgan jismoniy elementlar, ob’ektlar yoki odamlar birlashtirilgan virtual makonni anglatadi.
Buni turli texnologiyalar yordamida amalga oshirish mumkin. Bunda Videokameralar, harakat sensori boʻlgan kameralar, kompyuter koʻrishga asoslangan mualliflik dasturlari qoʻllanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi marta kengaytirilgan virtuallik tushunchasi P. Milgram va F. Kishinolarning „Aralash haqiqatning vizual namoyishlari tasnifi“da uchraydi. Mualliflar kengaytirilgan voqelikni reallik-virtuallik kontinumiga kiritadilar: turli xil voqeliklar toʻplamining eng kichik qismidan toʻliq holigacha yaʼni – virtuallik.

Kengaytirilgan virtuallik nazariyasi birinchi marta „Windows on the World“ loyihasida (Windows on the World, 1997 [1]) Arxivnaya kopiya DIVE virtual koʻp foydalanuvchiga ega Internet tizimiga asoslangan holda qoʻllanilgan. Dastur robotni real makon boʻylab harakatlantirib, berilgan ob’ektlarning yangilanishlarini virtual yer modeliga yuborishi mumkin. Virtual modeldan foydalanish uzoq fazoga sayohat qilish imkonini berdi. Ushbu ilova yordamida foydalanuvchi mustaqil tahlil qilish va qaror qabul qilishda robot tomonidan olingan maʼlumotlardan foydalanishi mumkin. Ilovani yaratuvchilar dasturning xavfsizlik tashkilotlari uchun eng foydali boʻlishini taxmin qilishdi. Kengaytirilgan virtuallik imkoniyatlari boʻyicha keyingi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, uni qurilish va oʻzaro aloqa sohasida keng qoʻllash mumkin. „Memoriy tadqiqotlari uchun kengaytirilgan virtual studiya“[2] (Augmented Virtual Studio for Architecturial Exploration; Kompyuter fanlari fakulteti, Myunster universiteti, 2009) yoki „Arxitektura sohasidagi hamkorlik uchun kengaytirilgan 3D virtual muhit“[3], (Suzanna Shmidt, Gerd Bruder, Frank Steinike, 2015) kabilar bino loyihalarini takomillashtirishga qaratilgan. Oxirgi dastur mahsulotlarni bozorga chiqarish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Meʼmorchilikda qoʻllanilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Meʼmoriy loyihalash jarayoniga turli foydalanuvchilar va turli darajadagi bilimga ega mutaxassislar jalb qilinadi. Loyihani yaratish va amalga oshirishda arxitektorlar, muhandislar, investorlar, oxirgi foydalanuvchilar va boshqalar ishtirok etadilar. Samarali meʼmoriy dizayn faqatgina barcha ishtirokchilar meʼmoriy modellar va ularning muayyan muammolari haqida umumiy tushunchaga ega boʻlgandagina paydo boʻladi. Ikki oʻlchovli chizmalarni tushunish professionallarga oid, boshqa odamlar esa diagrammalarni deyarli tushunmaydilar. Ushbu vaziyatda virtual haqiqat tizimiga asoslangan dasturlar yordamga kelishi mumkin.
Oʻzaro muloqotlarda qoʻllanilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kengaytirilgan virtuallik haqiqiy uchrashuvga taqlidan bir-biridan uzoqda boʻlgan suhbatdoshlarni bitta virtual makonda birlashtirishga qodir. Bunday yechim 2004-yili "Masofaviy aloqa uchun kengaytirilgan virtuallikdan foydalanish [4] " maqolasida taklif qilingan. Mualliflar cAR/PE video konferensiya tizimlarida ishlaydigan dastur yaratdilar. Virtual stolning turli chetlarida joylashgan uchta ishtirokchining video tasvirlari virtual muhitga birlashtirildi. Shuningdek, virtual makonda ilovalar va ikki oʻlchovli ob’ektlar taqdimoti uchun katta ekran mavjud edi, bundan tashqari, virtual xonada va stolda uch oʻlchovli geometrik ob’ektlar joylashgan edi. Dastur sinovdan oʻtkazildi va uning samaradorligi va aloqa qulayligi, undan tijorat va reklama maqsadlarida foydalanish imkoniyati tasdiqlandi.
Kompyuter oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kengaytirilgan virtuallik asosida bir nechta mashhur oʻyinlar chiqdi: Half-Life 2, Team Fortress 2, Mirror’s Edge, War Thunder, Star Conflict, IL-2 Sturmovik „Stalingrad jangi“, Euro Truck Simulator 2, Minecraft, Live For Speed va boshqalar. Oʻyinlar Oculus Rift virtual reallik koʻzoynaklariga mos tushadi.
Va shuningdek
[tahrir | manbasini tahrirlash]- kengaytirilgan haqiqat
- aralash haqiqat
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Simsarian K. T., Kristian T., and Karl-Petter Akesson. „Windows on the world: An example of augmented virtuality.“ Interface 97, Sixth International Conference Montpellier 1997: Man-machine interaction (1997)
- ↑ „Augmented Virtual Studio for Architectural Exploration“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-noyabr.
- ↑ „A Layer-based 3D Virtual Environment for Architectural Collaboration“. 2016-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-noyabr.
- ↑ „Using Augmented Virtuality for Remote Collaboration“. 2016-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-noyabr.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |