Kemaning so‘nggi nafasi
Kemaning soʻnggi nafasi ― Paldiski shahrining markazidagi yodgorlik boʻlib, mashhur haykaltarosh Amandus Adamson (nusxa muallifi estoniyalik haykaltarosh Rene Reinumäe)tomonidan yaratilgan.
2013-yilda u baxtsiz joylashuv tufayli oʻrnatilgan joyidan olib tashlanadi. Biroq shahar hokimiyati yodgorlikni boshqa joyga oʻrnatishga vaʼda bergan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fuqarolar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovga koʻra, bu haykalni haykaltaroshning tugʻilgan joyi Paldiskida oʻrnatishga qaror qilinadi. Paldiskida haykaltarosh Amandus Adamsonning haykallaridan birini oʻrnatish gʻoyasi 2006-yilda paydo boʻlgan.
2013-yilda yodgorlik oʻz joyidan olib tashlangan. Rasmiy bayonotlarga koʻra, haykalni olib tashlanishiga uning mustahkam qilib oʻrnatilmaganiligi va yaxshi joyda joylashmaganligi sabab qilingan. Ob-havo sharoiti tufayli yodgorlik vayron boʻlganligi va bundan tashqari, bolalar maydonchasidan unchalik uzoq boʻlmagan joyda joylashganligi ham haykalning olib tashlanishiga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Haykaltarosh Amandus Adamsonning eng mashhur allegorik asari „Kemaning soʻnggi nafasi“ (1899-yilda haykal yasalgan , 1926-yilda muallif unga marmardan qayta shakl bergan) Bu haykalda ayolning goʻzal qiyofasi tasvirlangan boʻlib — tabiat, inson, goʻzallik, orzu, umid madhiyasi timsolini koʻrish mimkin. Biroq, kema hayoti ham inson hayoti ham abadiy emas: yelkanlar zaiflashadi, ustun va bortlar sinadi. Umid eng oxirida oʻladi, soʻngra uning tanasi dengizga gʻarq boʻladi. Inson taqdiri va dengizning birligi tomoshabinni chuqur va qaygʻuli oʻyga soladi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
- A. Adamson. Buyuk Sovet Entsiklopediyasida „kemaning soʻnggi nafasi“.
- „Kemaning soʻnggi nafasi“ — Amandus Adamsonning soʻnggi haykallaridan biri Paldiskiga oʻrnatiladi
- Bu boshqa Paldis. (Sirli loyiha. Deyarli detektiv hikoya) (Wayback Machine saytida 2016-06-12 sanasida arxivlangan)
- Oʻyin maydonchasida Paldislarda yalangʻoch haykal qoʻyilgan (Wayback Machine saytida 2014-01-16 sanasida arxivlangan)
- Rossiya Federatsiyasining Davlat Ermitaji, model A.-G. Adamson 1899-yil.