Kemaning so‘nggi nafasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kemaning soʻnggi nafasi ― Paldiski shahrining markazidagi yodgorlik boʻlib, mashhur haykaltarosh Amandus Adamson (nusxa muallifi estoniyalik haykaltarosh Rene Reinumäe)tomonidan yaratilgan.

2013-yilda u baxtsiz joylashuv tufayli  oʻrnatilgan joyidan olib tashlanadi. Biroq shahar hokimiyati yodgorlikni boshqa joyga oʻrnatishga vaʼda bergan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fuqarolar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovga koʻra, bu haykalni  haykaltaroshning tugʻilgan joyi Paldiskida oʻrnatishga qaror qilinadi. Paldiskida haykaltarosh Amandus Adamsonning haykallaridan birini oʻrnatish gʻoyasi 2006-yilda paydo boʻlgan.

2013-yilda yodgorlik oʻz joyidan olib tashlangan. Rasmiy bayonotlarga koʻra, haykalni olib tashlanishiga uning mustahkam qilib oʻrnatilmaganiligi va yaxshi  joyda joylashmaganligi sabab qilingan. Ob-havo sharoiti tufayli yodgorlik vayron boʻlganligi va bundan tashqari, bolalar maydonchasidan unchalik uzoq boʻlmagan joyda joylashganligi ham haykalning olib tashlanishiga sabab boʻlgan  boʻlishi mumkin.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haykaltarosh Amandus Adamsonning eng mashhur allegorik asari „Kemaning soʻnggi nafasi“ (1899-yilda haykal yasalgan , 1926-yilda muallif unga marmardan qayta shakl bergan)  Bu haykalda ayolning goʻzal qiyofasi tasvirlangan boʻlib — tabiat, inson, goʻzallik, orzu, umid madhiyasi timsolini koʻrish mimkin. Biroq, kema hayoti ham  inson hayoti ham abadiy emas: yelkanlar zaiflashadi, ustun va bortlar sinadi. Umid eng oxirida oʻladi, soʻngra uning tanasi dengizga gʻarq boʻladi. Inson taqdiri va dengizning birligi tomoshabinni chuqur va qaygʻuli oʻyga soladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]