Kontent qismiga oʻtish

Keloğlan (doston)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Keloğlan (tarjimasi „kal oʻgʻlon“) – turk va oltoy mifologiyasidagi xayoliy qahramon.

Turk ertak anʼanasi ichida ijobiy va salbiy xususiyatlari bilan xalqni ifodalovchi tur. Uning asosiy xislatlari halolligi, mardligi, yordamchiligi, saxovatliligi va ayyorligidir. Bir kambagʻal erning oʻgʻli yoki kambagʻal ayolning oʻgʻli yoki kampirning nabirasi sifatida tasvirlangan. Kelogʻlan ertak boshida koʻrimsiz, qobiliyatsiz va dangasa odam sifatida namoyon boʻlishiga qaramasdan, u juda mohir va omadli edi. U oʻzi uchun kutilmagan qiyinchiliklarni yengadi.