Kays ibn Zarix

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uzra yo‘nalishidagi boshqa bir shoir (uning tarixiy haqiqiyligi, aftidan, uncha shubha uyg‘otmaydi) Amir qabilasidan chiqqan Kays ibn Zarix (VII asr oxiri) bo‘lgan. U mahbubasi Lubnaga ta’sirli muhabbati bilan tanilgan (shoir uni ko‘pincha kichraytirgan holda Lubeyna deb ataydi). Kays va Lubnaning muhabbati, rivoyatga ko‘ra, fojiali shakllandi. SHoirning qarindoshlari oshiqlarning ajralishini qattiq talab qildilar. Biroq baxtsiz shoir ayriliqdan keyin ham badaviylar axloqini buzgan holda o‘z mahbubasini ko‘rishga urindi. Ana shu bois xalifa Mu’oviya, Lubnaning otasi iltimosini inobatga olib, Kaysni qonunbuzar deb e’lon qildi va shoirni qabiladan quvib yubordi. Shoir xalifaning qarorini bilgach, ba’zi ilohiy jihatlariga ega bo‘lgan mungli she’rini yozgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. Ziyavuddinova, Muhlisa. hijozning muhabbat lirikasi, Toshkent, 2011 — 66 bet.