Kayagim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kayagim (koreyscha: 가야금gae- igi) — koreyscha koʻp torli chalinuvchi musiqiy asbob hisoblanadi. U Koreyada mashhur hisoblangan torli cholgʻu asboblaridan biridir. Kayagimning Koreyada paydo boʻlishi VI asrlarga toʻgʻri keladi: Kaya qabila ittifoqi Silla davlati tomonidan bosib olinganidan soʻng, mahalliy musiqachi U Rik xitoylik guchjenga moslab, unga bir qancha pyesalar yozgan.[1].

U tekis, choʻzilgan rezonator qobiqga ega boʻlib, uning bir uchida ikkita teshiklar mavjud. Torlar soni har xil boʻlishi mumkin; Eng mashhuri — 12 torlisi hisoblanadi. Har bir tor maxsus surilma taglikka („kobilka“) mos keladi va uning yordamida asbob sozlanadi.

Kayagim turi — kaxyongim qisqaroq va kengroq qobiqga va yuqori tessituraga ega.

Kayagim asbobini oʻtirgan holda oʻynashadi. Asbobni yakkaxon va chette bilan birgalikda ijro etish mumkin. Kayagimistlar ansambllari mashhurikka ega.

Shunga oʻxshash asboblar Yaponiya (koto) va Vyetnamda (danchan) mavjud boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Song Bang-song Korean Music. — Jimoondang Publishing Company, 2000. — ISBN 89-88095-13-8

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]