Katta Guldursin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Katta GuldursinQuyi Amudaryoning o’ng sohilidagi Qirqqiz kanali sug’orish tizimida joylashgan bo’lib, rejalashtirilishi noto’g’ri to’rtburchak shaklda tekislikka qurilgan,umumiy maydon 620–500 m ya’ni 31 ga. Yodgorlik ikki qator mulofa devor bilan o’rab olinib, avval paxsadan, keyinchalik to’rt tomoni teng xom g’ishtdan qurilgan. SHaharda ark-a’lo sezilmaydi, ichki tuzilishida jamoat binolari qolidiqlari tepalik sifatida mavjud emas. Darvoza janubi- sharqiy qismidagi devor o’rtasida joylashgan, murakkab inshoot bilan mustahkamlangan. Devor o’rtasidan 2,10 m yo’lak o’tgan. Milodiy I-II asrlarda tashqi devor yaqinidan qo’shimcha devor qurilgan. Devorda yarim aylana burjlar bo’lib ular o’rtasidagi masofa 55 m. Yodgorlik miloddan avvalgi IV asrda qurilgan bo’lib milodiy IV-V asrgacha hayot davom etgan. Yodgorlikning qadimgi devoriga ilk o’rta asrda paxsa devor qurilgan, uning rejalashtirilishida o’zgarish sezilmaydi. Yodgorlik IX-XIII asr boshlarida iqtisodiy, madaniy va harbiy- diniy markaz bo’lgan. Mudofaa devori va burjlarda ta’mir ishlari olib borilgan. Jumladan, devor va burjning tashki tomonidan qalinligi 0,80sm-1mpaxsa devor qurilgan.Devor va burjning IX-XIII asr boshlariga oid kismi paxsadan tiklangan, ustki kismida ochik yulak mavjud bo’lib, uning kengligi 2m. Devor burjida ta’mir ishlari olib borilganligi sababli aylana holga kelib qolgan. SHu narsa diqqatga sazovorki tashqi devordan 1m uzoqlikda aloxida devor qurilib, u o’z navbatida aylana xoldagi burjlarga ega bo’lgan (G’ulomov, 105, 107 betlar).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ya.G'ulomov. Xorazmning sug'orilish tarixi. Toshkent, 1959.