Katsudon
ʻʻʻKatsudonʻʻʻ (yaponcha: カツ丼 ) Yevropa-yapon oshxonasining goʻshtli taomi, domburining eng ommalashgan turi.
Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Taomning nomi ikki soʻzdan olingan: tonkatsu (choʻchqa kotleti) va domburi (ustiga garnir solingan katta kosadagi guruchdan iborat taom)[1][2][3][4].
Taom[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bir porsiyasi bir piyola guruch va yaxshilab pishirilgan choʻchqa goʻshtidan iborat. Kotletni tuxumga oldindan botirib olish yoki pishirgandan keyin ustidan sous quyish mumkin[5]. Taomga sabzavotlar va turli ziravorlar ham qoʻshsa boʻladi.
Katsudonning mintaqaviy turlari mavjud: «qizil miso» (yaponcha: 赤味噌 ) bilan Nagoya ʻʻmiso-katsu(don)ʻʻi (yaponcha: 味噌カツ丼 )[6], fransuzcha sousi bilan Okayama ʻʻdemi-katsu(don)ʻʻi (yaponcha: デミカツ丼 )[7] va boshqalar.
Ommaviy madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Katsudon maktab oʻquvchilari va talabalar orasida mashhur: «yutib chiqmoq» (yaponcha: 勝つ ) soʻzi taom nomiga ohangdosh, shuning uchun katsudon imtihonlardan oldin tanovul qilinadi[8].
Yaponiyada jinoyatchi politsiya boʻlimida yoki tergov xonasida bir piyola katsudon yesa, albatta tavba qiladi, degan shahar afsonasi mavjud[9].
Soya sousi va yashil piyoz solingan bir piyola katsudon
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Smil V., Kobayashi K. {{{заглавие}}}. — ISBN 9780262017824
- ↑ Frederic L., Roth K. {{{заглавие}}}. — ISBN 9780674017535
- ↑ The East. — East Publications, 1991. — С. 27.
- ↑ Herbst R., Herbst S.T. {{{заглавие}}}. — ISBN 9781438076218
- ↑ 日本を知る105章. — Heibonsha, 2001. — (Korona bukkusu).
- ↑ „Miso-katsu“ (deadlink). NAGOYA CONVENTION & VISITORS BUREAU. 7-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-mart 2016-yil. Arxivlandi 2014-09-07 Wayback Machine saytida.
- ↑ „デミカツとは?“. Okayama Visitors & Convention Association. 7-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-mart 2016-yil.
- ↑ Dobson H. {{{заглавие}}}. — ISBN 9781134355563
- ↑ „警察のホント・ウソ“ (deadlink). 岡山県警察. 22-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-may 2022-yil.