Katherine Bailess

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Katherine Bailess (1980-yil 24-aprelda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa, qo'shiqchi va raqqosa. CW telekanalining „One Tree Hill“ serialida Erica Marsh, Gilmore Girls serialidagi „Life and Death Brigade“ aʼzosi Stephanie rolini va VH1 seriali Hit the Floorda Kyle Hart rolini ijro etgani bilan mashhur.

Katherine Bailess
Fayl:Katherine Bailess.jpg
Tavalludi 24-aprel 1980-yil (1980-04-24) (42 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa, Raqqosa, Musiqachi

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bailess Missisipi shtatining Vicksburg shahrida Natalie va Bobby Bailess oilasida tugʻilgan. Uning otasi advokat, Missisipi universitetidagi Ole Miss Rebels futbol jamoasining sobiq himoyachisi edi. U 4 yoshida klassik raqs bilan shugʻullana boshlaydi. Shuningdek, u bolaligida gimnastika va quvnoq musobaqalarda ham qatnashgan. 11 yoshida Bailess televidenie orqali MIss Missisipi tanlovida raqqosa sifatida ishtirok etadi va 7 yil davomida tanlovda qatnashishni davom ettiradi. U New Yorkdagi Broaadway raqs markazida va Floridadagi Ann Reinkingning Broadway teatr loyihasida raqsni oʻrganish uchun stipendiyalarni qoʻlga kiritadi[1]. St. Francis Xavier monastiri maktabida, keyinroq St. Aloysius Catholic High Schoolda tahsilni davom ettiradi va uni 1998-yilda tamomlaydi. Marymount Manhattan kollejiga borishdan oldin u musiqali teatr va raqsni oʻrgangan. Kollejdan soʻng Bailess William Esper studiyasining ikki yillik intensiv dasturida oʻqishni davom ettiradi[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bailess 2003-yilda suratga olingan „From Justin to Kelly“ filmida Alexa rolini hamda Universalning 2004-yilda suratga olgan „Bring It On Again“ filmida Colleen Lipman rolini oʻynagan[3]. Uning televizion shartnomalari orasida mashhur WB shoulari boʻlmish Gilmore Girls va One Tree Hill shoularida takrorlanadigan rollari mavjud. Katherine shuningdek, Fox suratga olgan The Loopda, Sordid Lives serialida va NCISda ham mehmon rollarni ijro etgan. Bailess Julia Fauler tomonidan yozilgan va rejissorlik qilingan „Shit Southern Women SayYouTube komedik serialida ham rol oʻynagan[4].

U „Elle: A Modern Cinderella Tale“ filmida hamkorlik qilgan. Bailess „The Luv' (The Bounce)“, „Wish Upon a Star“, „Thatʼs the Way Way It like it“ va „Brighter Star“ treklarida From Justin to Kelly saundtrekida ham ishtirok etgan. 

Bailess VH1 ssenariysi bilan yozilgan Hit the Floor serialida Kyle Hart rolini ijro etgan.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2001 The Bootlegger Angie Qisqa metrajli film
Yoga/Pilates Workout System Herself Video
2003 From Justin to Kelly Alexa
2004 Bring It On Again Colleen Lipman Video
2006 Jackass Number Two Dancer ankredited
Sea of Fear Kate
2010 Elle: A Modern Cinderella Tale Stephanie Shunindek, produser
Below The Beltway Hope P.
2012 Stone Markers Newscaster
Macedo: Caught Dancer Qisqa metrajli film
Prick Hot Blonde
2013 2 Dead 2 Kill Anna Falactic
2017 A Very Sordid Wedding Greta Waring
2019 The Naughty List Keegan Collier yakunlangan

Televizion rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2004 Gilmore Girls Girl 1ta epizod
Stephanie
2005 One Tree Hill Erica Marsh 6ta epizod
2006 NCIS Madison 1ta epizod
2007 The Loop Wende 2ta epizod
The 15th Annual Movieguide Awards Herself Televizion film
2008 New Now Next Awards Televizion koʻrsatuv
Sordid Lives: The Series Nurse Waring 3ta epizod
2012 Class with Chadwick Chubb Sexy Female Detective Televizion film
2013-2018 Hit the Floor Kyle Hart Bosh rollardan biri
2013 Do Something Awards Herself Televizion koʻrsatuv
AfterBuzz TV hay’at aʼzosi
2014 Anger Management Susie 1ta epizod
2015 VH1 Big in 2015 with Entertainment Weekly Herself Televizion koʻrsatuv
2016 The Playboy Morning Show 1ta epizod
Noches con Platanito
TMI Hollywood Host-Various
Bones Kelsey Whitney
Home & Family Herself 2ta epizod
2016-2017 Another Blackout Marcy 2ta epizod
2018 Deadly Matrimony Sara Ross Televizion film
2020 Dashing on December Willa Televizion film

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Instagram“. Instagram. 10-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-avgust 2015-yil.
  2. „William Esper : Notable Alumni“. esperstudio.com (2020).
  3. „One to Watch: Katherine Bailess“. Fort Worth Star-Telegram (15-iyun 2003-yil), s. 7 D. Qaraldi: 4-fevral 2021-yil.
  4. „Sh%t Southern Women Say, Episode 1“. YouTube. 31-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]