8 millimetrli kinoplyonka
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
8 millimetrli kinoplyonka – magnit lenta (kasseta) yoki diskka yozib olingan videofilmlarni yoxud kassetali kinoplyonkaga yozib olingan odatdagi kinofilmlarni maxsus moslamalar yordamida oddiy televizor ekranida koʻrishga imkon beruvchi texnik usullar va vositalar majmui. Tasvir va tovush 8 millimetrli kinoplyonka tizimiga avval suratga olingan kinofilmdan magnit (magnitli plyonkaga), mexanik (videodiskka), optik (lazerli videodiskka) usullarida yozib olinadi. Bularda qoʻyuvchi apparat sifatida videomagnitofondan foydalaniladi. Ensiz (8 mm li) kinoplyonkaga ham yozib olish mumkin. Bunda qoʻyuvchi apparat sifatida telekino uzatkichdan foydalaniladi. Qayta yozib olingan videofilm yoki kinofilmlar 8 millimetrli kinoplyonka uchun film nusxalarini koʻplab nusxada chiqarish uchun asl nusxa boʻlib xizmat qiladi. Kinofilmni namoyish qilishda tasvir va tovush signallari qoʻyuvchi apparatda videosignallar va tovush signallariga aylanib, televizion qabul qilgichga keladi. 8 millimetrli kinoplyonkadan uy sharoitida kinofilmlar koʻrishda, oʻquv maqsadlarida foydalaniladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |