Karaoke na Maydani
| Karaoke na Maydani | |
|---|---|
|
Kondratyuk „Karaoke na Maydani“ni tasvirga olish paytida, 2015-yil | |
| Janri |
Musiqiy teledastur Talant shousi |
| Muallif(lar) |
Igor Kondratyuk Andrey Kozlov |
| Qaysi asarga asoslangan | Karaoke na Arbate |
| Mamlakat | Ukraina |
| Til |
ukraincha ruscha |
| Qismlar soni | 1043 |
| Ishlab chiqarish | |
| Joy | Kiyev dovoni, Maydan Nezalejnosti |
| Studiya(lar) | Prime Time |
| Efirga uzatilishi | |
| Telekanal |
Inter (1999-2007) 1+1 (2007-2009) STB (2009-2019) CBS (2008-2010) |
| Translyatsiya davri | 1999-yil 17-yanvar — 2019-yil 20-yanvar |
| Tarixi | |
| Oʻxshash koʻrsatuv(lar) |
Chance American Chance |
„Karaoke na Maydani“ (ukraincha: Караоке на майдані) – Igor Kondratyuk va Andrey Kozlov tomonidan tashkil etilgan ukrain musiqa dasturi va televideniyesi isteʼdodlar shousi. 1999 va 2019-yillar oraligʻida „Karaoke na Maydani“ Ukrainada mashhur teledasturga aylanib, reytinglarda yaxshi natijalarga erishgan[1]. Sobiq finalchilari va gʻoliblari: Tina Karol, Maks Barskix, Vitaliy Kozlovskiy, Natalya Valevska, Aleksandr Skichko va Taras Topoliyalar[2].
Yigirma yildan ortiq suratga olish va mingdan ortiq epizodlarni ishlab chiqargan dastur, dastur ijodkori va boshlovchi Igor Kondratyuk tomonidan 2018-yil oxirida toʻxtatilgan[3]. Toʻxtalish sababi esa oʻsha paytdagi STB teleradiokompaniyasi bilan tugatilgan shartnoma edi. Shu bilan birga, Kontratyuk dasturni davri oʻtgani va eskirganligini aytib oʻtgan[4].
Formati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Efirdagi yigirma yil davomida Karaoke na Maydani formati deyarli oʻzgarmagan.
- koʻchada olomon toʻplanadi va har bir kishi oʻyinning potentsial ishtirokchisiga aylanadi;
- boshlovchi Igor Kondratyuk olomon bilan birga qoʻshiq kuylashni boshlaydi;
- Kondratyuk oʻz ixtiyoriga koʻra keyingi oʻyin uchun ushbu qoʻshiqni boshqalarga qaraganda yaxshiroq kuylaganlarni tanlaydi;
- tanlov ishtirokchilari oʻzlari tanlagan qoʻshiqni kuylashlari mumkin;
- tanlov ishtirokchilari orasida olomon dasturning yakuniy qismida ishtirok etadiganlarni tanlashi kerak;
- finalchilar kim gʻolib ekanligini bilish uchun olomon ichida pul yigʻishadi;
- koʻproq pul yigʻgan kishi epizod gʻolibi hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kachun, Yuliya „"Караоке на майдане" уходит из эфира“. KP.ua. Komsomolskaya Pravda. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
- ↑ Mikhailova, Yuliya „"Караоке на майдане" закрыли: кто из украинских звезд покорял народное шоу“. Showbiz.24tv.ua. 24tv. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
- ↑ Dzhura, Maryna „"Караоке на майдане" закрыли после 20 лет существования: Игорь Кондратюк рассказал причины“. Showbiz.24tv.ua. 24tv. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
- ↑ „"Караоке на Майдане" после 20 лет существования уходит из эфира“. Showbiz.fakty.ua. Fakty.ua. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Natalia Subota 'Karaoke on the Maidan'… and in the Court“ (Wayback Machine saytida 2022-05-04 sanasida arxivlangan)