Kanzas-siti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kanzas-Sitidan yoʻnaltirildi)

Kanzas-siti - AQShning markaziy qismidagi shahar, Missuri shtatida, Kanzas daryosining Missuri daryosiga quyilish yerida. Aholisi 441,5 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Q.x. rayonining muhim savdo markazi. Sanoatining asosiy tarmoqlari — oziqovqat, metallsozlik. Poʻlat quyish, mashinasozlik, radioelektronika, neftni qayta ishlash, kimyo, yogʻochsozlik, poligrafiya sanoati korxonalari, universitet bor. Shaharga 19-asrda asos solingan. Amalda K.-S. Kanzas shtatidagi xuddi shunday nomlanuvchi shahar bilan birlashib ketib, 1,5 mln.dan ortiq aholiga ega boʻlgan aglomeratsiyani tashkil etadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil