Kannabidiol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kannabidiol (qisqartmasi CBD, KBD) kannabinoidlar deb ataluvchi moddalar guruhiga mansub boʻlib, ular kannabis oʻsimliklarida tabiiy koʻrinishda uchraydi. Ancha koʻproq tarqalgan kannabinoid boʻlmish tetragidrokannabinol (TGK) dan farqli oʻlaroq, KBD huddi oʻshanday psixoaktiv taʼsirga ega emas, chunki u kannabinoid retseptorlar CB1 va CB2ni toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsirlantirmaydi.[1] KBD kannabisning deyarli barcha navlarida uchraydi. Oʻsimlik tarkibidagi moddaning ulushi mavjud kannabinoidlarning iz darajasidagi miqdoridan tortib 95% gacha tashkil qilishi mumkin.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kannabis oʻsimligidan faol ingrediyentni ajratib olish boʻyicha dastlabki urinishlar 19 asrga toʻgʻri keladi. Kannabidiol ilk bor 1940-yilda Minnesotada batafsil oʻrganilgan. KBDning kimyoviy formulasi uni yovvoyi kanop oʻsimligidan ajratib olish usuli bilan aniqlangan. Uning tarkibi va stereokimyoviy tuzilishi rasman 1963-yilda aniqlangan.

Taʼsiri[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JST) tomonidan KBDni qaramlikni keltirib chiqarmaydigan, yaxshi xavfsizlik profili hamda terapevtik foydalarga ega boʻlgan komponent deb eʼlon qildi.[2]

2019-yildan boshlab kannabidiol insonga salmoqli nevrologik taʼsir koʻrsatuvchi dalillar paydo boʻldi[3][4] va undan AQSh va Yevropa Ittifoqida epilepsiyaning ayrim turlarini (Drave sindromi, Lennoks-Gasto sindromi, tuberoz skleroz) davolash uchun foydalanilmoqda.[5][6]

KBD diabetni yoki Parkinson kasalligini davolashda ham yordam beradi degan keng tarqalgan iddaolar mavjud, ammo kannabidiolning bunday taʼsirlari haqida ilmiy dalillar mavjud emas.[7][8]

2019-yil sentabr oyida Butunjahon antidoping agentligi (WADA) CBD ni taqiqlangan moddalar roʻyxatidan olib tashladi.[9]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Cannabidiol displays unexpectedly high potency as an antagonist of CB1 and CB2 receptor agonist“. researchgate.net. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
  2. „A World Health Organization perspective on cannabidiol (CBD)“. openaccessgovernment.org. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
  3. „Clinicians’ Guide to Cannabidiol and Hemp Oils“. mayoclinicproceedings.org. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
  4. „Cannabinoids for the treatment of mental disorders and symptoms of mental disorders: a systematic review and meta-analysis“. thelancet.com. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
  5. „FDA Approves First Drug Comprised of an Active Ingredient Derived from Marijuana to Treat Rare, Severe Forms of Epilepsy“. fda.gov. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
  6. „Epidyolex“. ema.europa.eu. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
  7. „USE OF CANNABIDIOL (CBD) FOR PD SYMPTOMS“. apdaparkinson.org. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
  8. „CBD & Diabetes“. diabetes.org. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
  9. „Marijuana FAQ“. usada.org. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.