Kamarjiy Abu Hafs Kamarjiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Hafs Muhammad ibn Nasr ibn  Hamavayh Kamarjiy — (IX — X asrda yashagan) roviy .

Kamarjiy Abu Hafs Kamarjiy   IX asr oxiri X asr boshida yashagan. Alloma koʻplab hadislarni Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Bujayr Sogʻdiydan (838-923-yil) rivoyat qilgan. Kamarjiy Abu Hafs Kamarjiydan esa oʻgʻli Muhammad ibn Muhammad ibn Nasr rivoyat qilgan. Manbalarda allomaning tavallud topgan yoki vafot etgan yillari haqida birorta maʼlumot keltirilmagan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Bobur ensiklopediyasi", „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi 2014-yil, 166-167-bet.

Sanʼoniy. Al-ansob 5-jild, 93-94-betlar; Atayev M. Jizzax allomalari. 75-bet.