Kontent qismiga oʻtish

Kaliforniya Universieti, San-Fransisko Huquq kolleji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kaliforniya Universiteti, San-Fransisko Huquq kolleji (UC Law SF yoki UC Law deb qisqartiriladi) San-Fransisko, Kaliforniyada joylashgan davlat huquq kollejidir (AQSH). Bu avval ''Kaliforniya Universiteti, Hastings Huquq kolleji'' nomi bilan tanilgan boʻlib, 1878-yildan 2023-yilgacha shu nomda boʻlgan.

1878-yilda Serranus Clinton Hastings tomonidan tashkil etilgan. UC Law SF Kaliforniya Universitetining birinchi huquq maktabi boʻlib, Kaliforniyada va Gʻarbiy AQSHda tashkil etilgan birinchi huquq kollejlaridan biridir. Bu kollej Kaliforniya Universitetining bir qismi boʻlsa-da, UC Law SF toʻgʻridan-toʻgri Kaliforniya Universiteti Regentlari tomonidan boshqarilmaydi.

Huquq kolleji Kaliforniyada, xususan San-Fransisko koʻrfazi hududida, keng tarmogʻga ega boʻlib, umumiy maslahatchilar, advokatlik firmalari hamkorlari, siyosatchilar, sudyalar va korporativ rahbarlarni oʻz ichiga oladi. Mashhur bitiruvchilar orasida AQSHning 49-vitsprezident Kamala Harris, xususiy investitsiya firmasi Kohlberg Kravis Robertsning asoschilaridan biri George Roberts, xalqaro advokatlik firmasi Morrison & Foersterning asoschilaridan biri Alexander Fracis Morrison, xalqaro advokatlik firmasi Orrick va Salesforcening umumiy maslahatchisi Todd Machtmes kiradi.