Kaetani Leone
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
KAETANI (Caetani) Leone (1869.12.9, Rim — 1935.24.12, Vankuver) — italyan islomshunosi. 1891 y. Rim universitetini sharq filologiyasi ixtisosi boʻyicha tugatgan. Yakin va Oʻrta Sharq mamlakatlari boʻylab koʻp marta safar qilgan. K. ilk islom tarixi boʻyicha asarlar nashr etgan. U islomning kelib chiqishi aholining koʻchishi bilan bogʻliq degan nazariyani ishlab chiqqan, unga koʻra, Arabistondan koʻchmanchi qabilalar tabiiy-geografik sharoitlarning oʻzgarishi tufayli vaqt-vaqti bilan daryo oraligʻi, Palastin, Suriyaga koʻchib borib, u yerlarda shaharlar va davlatlarga asos solishgan. K. islomning paydo boʻlishini Arabiston aholisining ana shu koʻchish harakati oxirgi bosqichi bilan bogʻliq deb hisobladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |