Kaddish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kaddish (muqaddas) — yahudiylikda Xudoning ismi va qudratining ulug‘ligini madh qilish ibodati. Kaddish oromiy tilda tuzilgan bo‘lib, yakunlovchi ibora ivrit tilidadir. Kaddish atamasi ilk bor Mishnada uchraydi. Dastlab Kaddish Tavrotni o‘qib bo‘lgach yoki daʼvatdan so‘ng o‘qilgan. Mishna davriga kelib esa, u sinagogadagi ibodatlarning muhim qismiga aylangan. Uni minyan hozir bo‘lgandagina Quddusga yuzlangan holda o‘qiladi. yahudiylikda motam marosimi, yaʼni vafot etgan shaxs haqiga qilinadigan ibodat. Mazkur ibodatni vaziyat, holatga ko‘ra bir necha turlari mavjud. Ushbu ibodat duolari va uni bajarish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarning aksariyati oromiy tilida yozilgan. Kaddishning to‘rtta turi mavjud bo‘lib, ular: yarim kaddish (xasi kaddish) deb atalib, o‘zida Tavrotni o‘qish, liturgiyaning ayrim bo‘limlarining kirish yoki xotima vazifasini bajarib, ibodatni boshqarib borayotgan kishi tomonidan o‘qiladi; xotirlash marosimi (kaddish yatom) — yaqin qarindosh vafot etganda 11 oy davomida hamda yorsayt (yil marosimim)da o‘qiladi. Ushbu kaddish dastlab kantortomonidan 7 kunlik azada o‘qilgan. Xotirlash kaddishini yaqin qarindoshlar tomonidan o‘qilishi amaliyoti, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, XIII asrda Germaniyada paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ota yoki onasi vafot etgan o‘g‘il farzand 11 oy davomida sinagogada kunlik ibodat vaqtida, so‘ng yil marosimida xotirlash kaddishini o‘qishi lozim. Qiz farzandlar uchun kaddishni o‘qishlik majbur hisoblanmaydi. Agar vaft etgan kishining o‘gli bo‘lmasa, jamoadan biror kishidan Kadishni o‘qishlik iltimos qilinadi; to‘liq yoki jamoaviy kaddish (kaddish shalem) ibodatni boshqarib borayotgan kishi tomonidan Amidani ovoz chiqarib takrorlashdan yoki baʼzi qo‘shimcha duolar qilgandan so‘ng o‘qiladi; donishmandlar xotirjamligi uchun kaddish (kaddish de-rabbanan) bo‘lib, Shaxaritda ikki marotaba xotirlash kaddishini o‘qiganlar tomonidan galaxik va akkadik qismdan so‘ng o‘qiladi[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 240.