Kontent qismiga oʻtish

Kabobi qishlog'i

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kabobi qishlogʻi – Navoiy viloyati, Navbahor tumanida joylashgan qishloq.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi Karmana viloyati Harqon amlokining katta mavzelaridan biri Kabobi mavzesi boʻlgan. Uning tarkibiga Quyi Rabot, Toʻgʻay Rabot, Turkman, Oʻrta Masjid qishloqlari kirgan. „Kabobi“ soʻzi tashqi koʻrinishdan kabob (taom) soʻziga oʻxshasa ham, kabobga hech qanday aloqasi yoʻq. Ushbu nom forscha „Kabud“(koʻk) va „ob“ (suv) soʻzlaridan kelib chiqqan. Koʻk suv nom sifatida toponomiyada koʻp uchraydi. Koʻk suv „chuqur“, „daryo“ degan maʼnoni anglatadi. Kabob shu soʻzning tojikcha aynan tarjimasidir[1]. Nomning oxirgi elementi biror joylashuv yoki guruhga mansubligini anglatadi. Ushbu toponimning umumiy maʼnosi „Koʻk suv arigʻi tomonidan kelganlar“ degan maʼnoda qoʻllaniladi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Otabek Aslonov „Navbahor kecha va bugun“ – „SAHHOF“, 2021-yil, 136-bet
  2. Doʻsimov Z, Egamov X „Joy nomlarining qisqacha izohli lugʻati“ – „Oʻqituvchi“ 1978-yil, 62-bet