Kontent qismiga oʻtish

KaZantip

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Republic of KaZantip
Республика КаZантип
Janri Elektron raqs musiqa
Boshlanishi Avgust
Lokatsiya Popovka, Qrim
Anaklia, Gruziya (2014)
Faol yillari 1992—2014
Ishtirok darajasi 100,000+
Veb-sayt kazantipa.net

KaZantip, oddiygina "Z" nomi bilan ham tanilgan, 1992-yildan 2013-yilgacha Qrim yarim orolida har yili boʻlib oʻtgan elektron raqs musiqasi festivali. 2002-yildan 2013-yilgacha u Shchelkino yaqinidagi Mysovoye qishlogʻida boʻlib oʻtdi. Kirish chiptasi "viZa" deb ataladi. Avgust oyida 2-3 hafta davomida boʻlib oʻtadi va har yili 100,000 ga yaqin „paradiZers“lar tashrif buyuradi. Festivalda toʻq sariq rangli kiyim va sariq chamadonlardan foydalaniladi.

2014-yilda Qrim Rossiya Federatsiyasi tomonidan anneksiya qilinganidan soʻng, festival Qrimdan tashqarida birinchi marta Gruziyaning Anaklia shahrida boʻlib oʻtdi. 2015-yilda festival 18-28-fevral kunlari Kambodjaning Sixanukvil shahridagi Koh Puos orolida oʻtkazilishi kerak edi, biroq mahalliy hokimiyat tomonidan bekor qilindi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Apelsin rang — KaZantipning asosiy rangi.

Festival 1995-yildan 1999-yilgacha boʻlib oʻtgan KaZantip oqimi sharafiga nomlangan. Oʻsha vaqtlarda festival Shchelkino yaqinidagi qurilishi tugallanmagan Qrim AESning turbinali zalida boʻlib oʻtdi. Festival 2000-yilda Vesele (shuningdek, Veseloye deb ataladi) aholi punktiga koʻchirildi. 2001-yildan boshlab festival Qrimning Popivka shahrida (Popovka deb ham ataladi) oʻtkazilib kelingan. KaZantipning (Respublika Z) prezidenti, yaratuvchisi va tashabbuskori Nikita I (haqiqiy ismi Nikita Marshunok) hisoblanadi[1][2].

„Z22“ deb nomlangan navbatdagi festival 2014-yilda Qrimning Rossiya Federatsiyasi tomonidan anneksiya qilinishi munosabati bilan Gruziyaning Anaklia shahrida boʻlib oʻtdi[3]. Gruziya pravoslav cherkovi aʼzolari festivalda giyohvand moddalar ishlatilishi va odamlarning yalangʻoch yurishi sababli tadbirga norozilik bildirgan. Gruziya Milliy turizm boshqarmasi boshligʻi, 2014-yilda Anaklia shahrida boʻlib oʻtadigan festival boʻyicha cherkov bilan kelishmovchilik tufayli ishdan boʻshatilgan[4].

Hudud[tahrir | manbasini tahrirlash]

KaZantip festivali virtual tarzda ham namoyish etiladi. 14 dan ortiq raqs maydonlarida 300 dan ortiq DJlar kuniga 21 soat qoʻshiq qoʻyadilar. Festival hududi 60,000 kvadrat metr (15 akr) maydonda bo'lib o'tadi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Kazantip Festival — a Way to Success", an article at uPublish.info (Wayback Machine saytida 2012-03-24 sanasida arxivlangan)
  2. „Kazantip: The Party Land“ (en). euronews (2011-yil 22-avgust). Qaraldi: 2018-yil 15-may.
  3. „KaZantip Republic“ (ru-RU). KaZantip Republic. Qaraldi: 2018-yil 15-may.
  4. „Fired Georgian tourism official says he was pressured by the Church“ (en-US). Democracy & Freedom Watch (2014-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 15-may.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]