Mixail Juravel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Juravel Mixail Semyonovichdan yoʻnaltirildi)

Mixail Semyonovich Juravel (1904.21.11, Cherkassi viloyati Yablonev tumani —1987.11.8, Kishinyov) — uzumchilik soxasidagi seleksioner olim, Maslovo seleksiya va urugʻchilik institutini tugatgan (1930). Moldaviya Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979). 1935-60 yillarda N. I. Vavilovning rahbarligida Butunittifoq oʻsimlikshunoslik institutining Oʻrta Osiyo filiali (hoz. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti)da ishladi. A. M. Negrul bilan hamkorlikda hosildorligi yuqori 16 yangi uzum navini yaratdi, ulardan 7 nav rayonlashtirilgan, Oʻzbekistonda va qoʻshni davlatlarda katta maydonlarga ekiladi (Goʻzal qora, Joʻrauzum, Tarnoye, Oʻzbekiston muskati, Muskat charos, Pobeda va boshqalar). 1960—79 yillarda Moldova uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti seleksiya boʻlimi mudiri (shu davrda 11 yangi uzum navini chiqardi). Tokchilikka bagʻishlangan bir qancha darsliklar, qoʻllanmalar muallifi. Yangi uzum navlarini chiqarishda erishgan yutuqlari uchun Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1948).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil