Jung Ha-na

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jung Ha-na
정하나
Tavalludi
Jung Ha-na

2-fevral 1990-yil (1990-02-02) (34 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • aktrisa

Jung Ha-na (1990-yil 2-fevralda tugʻilgan), oʻzining Hana sobiq sahna nomi bilan yaxshi tanilgan, Janubiy Koreyaning sobiq qoʻshiqchisi va aktrisasi. U Janubiy Koreyaning Secret qizlar guruhi aʼzosi sifatida tanilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil sentyabr oyida TS Entertainment kompaniyasi 2009-yil oktyabr oyida toʻrt aʼzodan iborat qizlar guruhini debyut qilishlarini eʼlon qilgan. Hana Han Sunhwa, Song Jieun va Jun Hyoseong bilan birga Zingerning sahna nomi bilan, Secret guruhi sifatida debyut qilgan. Debyutdan oldin guruh oʻzlarining debyut jarayoni haqida hikoya qiluvchi „Secret Story“ nomli hujjatli shouda qatnashgan[1]. Ular 2009-yil oktyabr oyida „I Want You Back“ debyut singlini chiqarganlar[2].

2010-yil aprel oyida Secret guruhi oʻzining Secret Time nomli birinchi mini-albomini chiqargan va „Magic“ singlini yaratgan bu Janubiy Koreyada xitga aylangan.[3]. 2010-yil avgust oyida ular „Madonna“ nomli ikkinchi mini-albomlarini chiqarishgan va shu nomli treki muvaffaqiyatini davom ettirgan, chunki u Gaon Single Charts roʻyhatida birinchi oʻrinni egallagan[4].

2011-yil yanvar oyida guruh oʻzlarining „shaxvoniy“ qiyofasidan chetga chiqib, „Shy Boy“ qoʻshigʻini chiqargan. Garchi ular 180 daraja oʻz qiyofasini oʻzgartirganligidan xavotirda boʻlishsa-da, singl muvaffaqiyati ularning kutganlaridan ham oshib ketgan. „Shy Boy“ raqamli jadvallarda kuchli oʻrinni egallagan va Secret qoʻshiq bilan musiqiy shoularda birinchi sovrinini qoʻlga kiritgan. Ular „Shy Boy“ bilan turli musiqiy shoularda jami beshta sovrinni qoʻlga kiritdilar. Secret oʻzlarining muvaffaqiyatlarini „Starlight Moonlight“ deb nomlangan ikkinchi CD singlini chiqarish bilan davom ettirgan. Qoʻshiq Gaon Monthly Singles Charts roʻyhatida birinchi oʻrinni egallagani va SBS telekanalining Inkigayoʻ dasturida yana bir sovrinni qoʻlga kiritganligi sababli mini-albom nomidagi trek Janubiy Koreyada yana bir xitga aylangan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Secret Showcase Coverage“. 2011-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-fevral.
  2. „Discography of TS Entertainment“. TS ENTERTAINMENT Co., Ltd.. 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-fevral.
  3. „Secret's mini album Secret Time released!“. 6theory Media. Qaraldi: 2012-yil 19-fevral.
  4. „Secret releases their new album Madonna“. 6theory Media. Qaraldi: 2012-yil 19-fevral.
  5. „SECRET wins Inkigayo Mutizen + other performances“. 6theory Media. Qaraldi: 2012-yil 19-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]