Jubanov Ahmad Quanovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jubanov Ahmad Quanovich [1906.16(29).4, Qozogʻistonning hozirgi Oqtoʻba viloyati — 1968.30.5, Olmaota] — qozoq musiqashunosi, kompozitor va dirijyor. Qozoq kompozitorlik musiqasi va musiqashunosligining asoschilaridan. Qozogʻiston xalq artista (1944). Qozogʻiston FAning akad. (1946), Olmaota konservatoriyasining prof. (1947). Leningrad konservatoriyasini tugatgan (1932). Qoʻrmongʻozi nomidagi qozoq xalq cholgʻulari orkestrining tashkilotchisi va dirijyori (1934—45). Sanʼat institutida xalq cholgʻulari kafedrasining mudiri (1945-47; 1954-61), rektor (1945-62), Avezov nomidagi Adabiyot va sanʼat i.-t. institutidagi musiqa boʻlimi mudiri (1961—68). Qozoq xalq musiqasi haqidagi kitob, ocherk va maqolalar muallifi. "Abay" va "Toʻlegen Toʻxtarov" (ikkalasi L. Hamidi b-n) operalari, uvertyurafantaziya, "Abay" simfonik poemasi, qozoq cholgʻulari uchun syuitalar, fortepiano uchun pyesalar, qoʻshiq va romanslar, spektakl va kinofilmlarga musiqalar yozgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil