Joseph Berger (yozuvchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Joseph Berger
Tavalludi 1945
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[1]
Fuqaroligi AQSh

Jozeph Berger (talaffuzi: Jozef Berger;1945-yil 17-yanvarda Lisva shahrida tugʻilgan[2]) — amerikalik jurnalist, yozuvchi va notiq. U 1984-yildan 2014-yilgacha The New York Times gazetasining muxbiri va muharriri boʻlib ishlagan. Toʻrtta kitob muallifi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jozeph Berger Rossiyaning Lisva shahrida[3] fashistlardan qochib o‘z shaharlarini tark etgan polyak-yahudiy ota-onaning farzandi[4][5]. Berger 1950-yilda ota-onasi va kenja ukasi bilan Qoʻshma Shtatlarga koʻchib kelishgan. Undan oldin Yevropadagi Ikkinchi Jahon urushidan keyingi bir nechta koʻchirilganlar lagerlarida yashagan[6]. Uning AQShda bir singlisi tugʻilgan. Jozephning „Displaced Persons: Growing Up American After the Holocaust“ kitobida yahudiy tilida soʻzlashuvchi ota-onasining qochqin farzandi sifatida tarbiyalangani tasvirlangan[4].

Berger pravoslav maktabida oʻqigan[7]. Oʻrta maktabdan soʻng New York shaharidagi kollejlardan birida tahsil oldi, 1966-yilda kollejini tamomladi va Kolumbiya Universitetidagi Oliy jurnalistika yoʻnalishida magistraturani tamomladi[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jozeph 1967-yildan 1971-yilgacha ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Keyinchalik 1971-yildan 1978-yilgacha New York Post gazetasida badiiy yozuvchi sifatida faoliyat yurita boshladi. 1978-yildan 1984-yilgacha Newsday gazetasida muxbir va diniy yozuvchi edi[8].

Berger 1984-yilda The New York Times gazetasi xodimlariga qoʻshildi[3]. U 1985—1987-yillarda din boʻyicha bosh muxbir, 1987—1993 yillarda esa milliy va mahalliy taʼlim boʻyicha muxbir sifatida ishlagan[3]. So‘ngra taʼlim muharriri o‘rinbosari va taʼlim muharriri vazifasini bajaruvchi bo‘lib, 10 kishidan iborat shtabga rahbarlik qildi[3]. Berger 2006-yildan 2008-yilgacha taʼlim toʻgʻrisida maqolalar yozgan[3]. Uning 2004 — 2007 yillarda New York etnik madaniyati haqida yozgan maqolalari „The World in a City: Traveling the Globe Through the Neighborhoods of the New New York“ kitobiga asos boʻlgan[3]. Shuningdek, Quddusdagi gazetalardan birida muharririning vaqtinchalik yordamchisi va Times byurosi boshligʻi boʻlib ishlagan. 2014-yil dekabr oyida gazetadan nafaqaga chiqdi[7].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jozeph Berger Newsday’dagi faoliyati davomida Din yangiliklar mualliflari uyushmasi Supple mukofotining uch karra gʻolibi boʻlgan[3]. U 1993-yilda „Ikki tilli taʼlimdagi noxolislikni fosh qilganligi uchun“ Taʼlim Yozuvchilar uyushmasi mukofotiga va 2011-yilda „Yosh hamkasblariga foydali maslahati uchun“ Siluriyaliklar jamiyatining Peter Kihss mukofotiga sazovor boʻlgan[3][9].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Berger va uning rafiqasi Brendaning bir qizi bor[9]. Ular Vestchester okrugida istiqomat qilishadi, u yerda rekonstruksiyachilar sinagogasining aʼzosi[6].

Biblografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. „Ask A Reporter: Joseph Berger“. The New York Times (1999). 2002-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 3,8 „Joseph Berger, Class of 1966“. City College of New York Alumni Association (2018). 2018-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 Getlin. „Revealing the Struggles of Holocaust Survivors in U.S.“. Los Angeles Times (2001-yil 10-iyul). Qaraldi: 2018-yil 21-oktyabr.
  5. Rosenblatt, Gary. „With NY Times Under Siege, Jewish Reporters Hit Back“. The New York Jewish Week (2019-yil 22-may). „Joseph Berger, whose parents were Polish Jewish immigrants, is well-known for his extensive coverage in The Times of Jewish-themed issues — most notably his reporting on local chasidic communities.“.
  6. 6,0 6,1 Goldman. „The Times' Kosher Berger“. The Times of Israel (2012-yil 7-avgust). Qaraldi: 2018-yil 29-iyul.
  7. 7,0 7,1 Resnick. „'My Job As A Journalist Is To Tell The Story': An Interview with New York Times Reporter Joseph Berger“. The Jewish Press (2014-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 21-oktyabr.
  8. The Writers Directory, 32nd Nemeh: , Farmington Hills, MI: St. James Press, 2014 — 250 bet. 
  9. 9,0 9,1 Plaxe. „Joseph Berger“. Temple Sholom of West Essex (2015-yil 2-iyun). 2018-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-oktyabr.