Kontent qismiga oʻtish

Joriyayi Habashiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Joriyayi Habashiya — "Nasoyim ul-muhabbat"da tilga olingan orifa ayol. Ismi nomaʼlum. Shayx Addiy va Shayx Abdulqodir Giloniy bilan haj safarida birga boʻlgan. („Joriyayi Habashiya“ — arab tilida „habash kanizak“, „qora choʻri maʼnosini bildiradi“) Ushbu safar tafsiloti „Qaloyid ul-javohir“ kitobida keltirilgan boʻlib, „Nafahot ul-uns“ va „Nasoyim ul-muhabbat“dagi matn bilan bir xil.

Alisher Navoiy „Nasoyim ul-muhabbat“ga "Nafahot ul-uns"­dan ushbu orifa ayol haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.