Jordan Peterson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jordan Bernt Peterson
Tavalludi 1962-yil 12-iyun
Fuqaroligi Kanada
Otasi Walter Peterson
Onasi Beverley Peterson
Veb-sayti https://www.jordanbpeterson.com/

Jordan Bernt Peterson (ing Jordan Bernt Peterson - 1962-yil 12-iyunda tug'ilgan) - Kanadalik psixolog, muallif, YouTube ma'ruzalari bilan shuhrat qozongan. Uning keng jamoatchilik nazariga tushishi 2016-yilga to'g'ri kelib, mazkur yilda u Kanadada fuqarolarni transgender shaxslar uchun alohida kishilik olmoshlari ishlatishga majburlovchi huquqiy hujjat loyihasiga (Bill C-16) qarshi chiqqan.[1]

Bugungi kungacha Pitersonning 3 ta kitobi nashr qilingan bo'lib, ularning birinchisi - "Ma'no xaritalari: E'tiqod arxitekturasi" (Maps of Meaning: Architecture of Belief)[2] 1999-yilda yozilgan bo'lib, muallifning aytishicha, u mazkur kitob ustida 15 yil davomida, ba'zi uzilishlarni hisobga olmaganda, kuniga 3 soatdan ishlagan. Keyingi ikki kitobi "Hayot uchun 12 qoida: Xaosga qarshi vosita" (12 Rules for Life: An Antidote to Chaos)[3] 2017-yilda chop etilgan va "Hayot uchun yana 12 qoida: Tartib ortida" (12 More Rules for Life: Beyond Order) 2021-yilda chop etilgan.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Beauchamp, Zack (26-mart 2018-yil). "Jordan Peterson, the obscure Canadian psychologist turned right-wing celebrity, explained". Vox.
  2. Krendl, Anne C. (26-aprel 1995-yil). "Jordan Peterson: Linking Mythology to Psychology". The Harvard Crimson.
  3. Lott, Tim (21-yanvar 2018-yil). "Jordan Peterson: 'The pursuit of happiness is a pointless goal'". The Observer.
  4. "Beyond Order by Jordan B. Peterson". Penguin Random House Canada.