Joʻra Xonazarov
Joʻra Xonazarovich Xonazarov - Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]1939-yildan KPSS a’zosi.
1929-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarning faol ishtirokchisi. 1929—1946-yillarda oʻqituvchi, komsomol xodimi, partiya xodimi, Oʻzbekiston KP (b) Qorasuv tuman qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston KP (b) Boʻka tuman qoʻmitasining birinchi kotibi, partiya komiteti kotibi. Oʻzbekiston Kompartiyasi Qoraqalpogʻiston viloyat qoʻmitasi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vaziri, ,,Glavgolodnostepstroy” boshligi, Usmon Yusupov nomidagi,,Xalqobod” uyushmasi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
5-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan.
1992-yildan keyin vafot etgan.
Sharhlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joʻra Xonazarov mehnat faoliyatini oʻqituvchilikdan boshlagan, Toshkent shahar yoshlar tashkilotlarida mas’ul lavozimlarda ishlagan. Keyinchalik Qoraqalpogʻiston Muxtor Respublikasi, Oʻzbekistonning Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida mas’ul rahbarlik lavozimlarida ishlagan. J.Xonazarov Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri ham boʻlgan. Joʻra ota futbolga ishtiyoq bilan mehr qoʻygan, ,,Paxtakor” stadioni qurilishida faol ishtirok etgan, ,,Paxtakor” futbol jamoasini shakllantirishda, Qibray sport bazasi majmuasini qurishda har tomonlama yordam bergan. Joʻra Xonazarov stadionlar qurish, yangi futbol jamoalarini yaratish va shakllantirish, futbolni ommaga targʻib qilishni hayotining asosiy vazifasi deb bilgan. Uning tashabbusi bilan Jizzax, Yangiyer, Guliston, Paxtaorol, Yerjar, Oqqoʻrgʻon, ,,Pyatiletka” sovxozidagi stadionlar qurilgan.
Qolaversa, respublika Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimida ishlab yurgan davrida koʻplab fermer xoʻjaliklari rahbarlarining sa’y-harakatlarini yangi zamonaviy stadionlar barpo etish, qishloq yoshlarini sportga keng jalb qilishga yoʻnaltirgan. Shu tariqa, Toshkent viloyatining oʻzida 50-yillarning oxiri va 60-yillarning boshlarida Politotdel, Sverdlovets, Dmitriyev va boshqa kolxozlarda katta stadionlar qurilgan. 1975-yilda Usmon Yusupov nomidagi,,Xalqobod” uyushmasiga rahbar etib tayinlanganidan soʻng, iqtisodni yuksaltirib, har doimgidek sport inshootlarini qurgan. Xonazarov tashabbusi bilan tashkil etilgan,,Sohibkor” futbol jamoasi 10 000 oʻrinli yangi stadionda toʻp surgan[1].
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- GA RF R7523 105 152 «SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yil 26-avgustdan 27-avgustgacha qabul qilingan qarorlari va ularga materiallar / 14-sonli bayonnomaga / No 2075-VIII dan 2078-VIII gacha. . 7-jild