Jizzax oʻzeksayd qoʻshma korxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

JIZZAX „OʻZEKSAYD“ QOʻSHMA KORXONASI — 1998-yil „Jizzax akkumulyator“ aksiyadorlik jamiyati negizida Oʻzbekiston-AQSH hamkorligida 147 mln AQSH dollari ustav fondi bilan tashkil etilgan. 2001-yil oxirida Jizzax shahrida ishga tushirildi. Yillik loyiha quvvati 1,0 mln dona har-xil turdagi akkumulyatorlar. Mahsulot AQSH ning ilgʻor firmalari texnologiyalari asosida ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan akkumulyatorlarning yarmini chetga eksport qilish moʻljallangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil