Jiydadoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jiyda (Elaeagnus) turkumi.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jiyda barglari

Ingichka bargli jiyda, Qosh jiyda (Elaeagnus angustifolia) balandligi 8 m gacha bo’lgan kichik daraxt yoki buta bo’lib, Markaziy Osiyo yoki Kavkaz daryo to’qaylarida keng tarqalgan asosiy darxt o’simligi hisoblanad. Bu jiyda turining tuproq tanlamasligi, sho’r yerlarda o’sishga moslashganligi o’rmon melioratsiyasida qadirlanadi. Barglarining manzarali hususiyatiga ko’ra ko’kalamzorlashtirishda keng foydalanish mumkin. Mirzacho’lda sho’rlangan yerlarda keng ekilmoqda. Barglari ellipssimon yoki lansetsimon shakilda. 5-8 sm uzunlikda, yuqori tomoni yashil rangda, ostki qismi kumushsimon rangda. Barglarini yozib bo’lgach gullaydi. Gullari juda hushbo’yligi bilan ajralib turadi. Gullari qo’ng’iroqcha ko’rinishida sariq rangda, barg qultig’ida 1-3 donagacha joylashadi.

Mevalari 1,5 sm uzunlikkacha bo’lgan donacha, unsimon shirin meva etiga ega. 3-4 yoshdan mevaga kiradi. Yog’ochi duradgorlikda ishlatiladi. Juda chuqur o’suvchi ildiz tizimiga ega. Dastlabki hayot bosqichida tezroq o’sib rivojlanadi, kuchli sho’rlangan va toshloq tuproqlarda 5 yoshida 4 m balandlikka yetadi. Issiqqa, qurg’oqchilikka chidamli, eng asosiysi boshqa daraxtlar o’sa olmaydigan sho’rhoklarda bemalol o’sa oladi. Urug’idan, qalamchalar orqoli ko’paytiriladi, to’nkasidan bachkilar hosil qilib tez o’sadi, 60-80 yilgacha yashaydi. Ixotazorlar barpo etishda keng qo’llaniladi.

Sharq jiydasi (Elaeagnus orientalis) ushbu jiyda areali Pomir-Oloy, Kavkaz Markaziy Osiyo tog’lari hududlarini qamrab olgan, 500 metrdan baland tog’ yonbag’irlarida ko’plab o’sadi. 7–8 m balandlikkacha rivojlanuvchi daraxt, daraxt tanasi to’q jigarrang, barglari lansetsimon shakilda oq g’ubor bilan qoplangan. Sharq jiydasining yirik mevali shakillari xalq seleksiyasi maxsuli bo’lib, “non jiyda” nomi bilan atalgan

Non jiyda O’zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida axoli tomonidan ko’plab o’stiriladi, ayniqsa uning sho’rlangan va sizot suvlari tuproq yuzasiga yaqin joylarda o’suvchi ekotiplari o’rmon melioratsiyasi uchun katta ahamiyatga egadir.

jiyda mevasi

Uzoq o’tmishda jiyda mevasi mahalliy aholining asosiy oziq-ovqat maxsulotlaridan biri xisoblangan, mevasi quritilgan holda qish-bahor mavsumida iste’mol qilingan. Shu sababli non jiyda doimo seleksiya predmeti sifatida o’rganilgan, yirik mevali va sershox shakillari yaratilgan.

Meva tarkibida 40-67,8% qandlar, 11% oqsil, 36% gacha tanidlar, 0,44-2,46% organik kislotalar, 100 mggacha C,B,PP,E vitaminlari mavjud.  

Kumushsimon jiyda (Elaeagnus argentea Pursh) ushbu jiyda turning vatani Shimoliy Amerika bo’lib, MDH davlatlarida madaniylashtirilgan holda uchraydi. aaKichik daraxt yoki buta ko’rinishida 1–3 m balandlikka ega bo’lib, tana po’stlog’i to’q kulrang, barglari kumushsimon g’ubor bilan qoplangan. Mevalari xuddi qushjiyda mevalari kabi cho’zinchoq-dumaloq.

  Ko’kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi, qurg’oqchilikka chidamsiz lekin sovuqqa chidamli. Daryo qirg’oqlarini, jarliklarni mustahkamlashda keng foydalaniladi. May oyi boshlarida gullaydi, sentyabr-oktyabr oylarida mevasi pishib yetiladi. Non jiyda daraxtining yog’ochi mustaxkam, qurilish sohasidaham ishlatsa bo’ladi