Kontent qismiga oʻtish

Jismlarni nur sochish va nur chiqarish qobilyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kirish, asosiy tushunchalar.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elektromagnit nurlanishi elektr zaryadlarining hususan moddaning atomlari va molekulalari tarkibiga kiruvchi zaryadlarning tebranishi sababli boʻladi. Masalan, molekulalar va atomlarning tebranma va aylanma harakati infraqizil nurlanishini, atomda elektronlarning muayyan kuchishlari koʻrinadigan va infraqizil nurlanishni, erkin elektronlarning tomozlanishi esa rentgen nurlanishini va hokazolarni vujudga keltiradi.

Nurlanish (nur chiqarish).[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda elektromagnit nurlanishning eng keng tarqalgan turi issiqlik nurlanishi yoki nur chiqarishdan iborat boʻlib, umoddaning atomlari va molekulalarining issiqlik harakati energiyasi hisobiga, yani moddaning ichki energiyasi hisobiga bajariladi va shuning uchun nurlanayotgan jismning sovishiga olib keladi. Nur chikarish, temperaturasi absolyut noldan farq qiladigan istalgan temperaturadagi barcha jismlarga hosdir. Issiqlik nurlanishi tutash spektrga ega boʻlsa-da, ammo unda energiya taqsimoti temperaturaga bogliq: past temperaturalarda issiqlik nurlanishi asosan infraqizil nurlanishdan, yuqori temperaturalarda esa koʻrinadigan va ultrabinafsha nurlanishdan iborat.

Nur yutilishi.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Conceptual-black-body
Conceptual-black-body

Har qanday jism o`zi nurlanishi bilan birga boshqa (atrofdagi) jismlar chiqayotgan nur energiyasining bir qismini yutadi; bu prosessni nur yutish deb ataladi. Nur yutish prosessi muayyan jismning isishiga olib keladi.Ravshanki, muayyan jism nur chiqarish yo`li bilan energiyasini yuqota borib, aynan shu vaqtda nur yutishi bilan energiya olib ohiri issiqlik yoki nur yuitishi bilan energiya olib ohiri issiqlik yoki nur muvozanati holatini olish kerak, bunda nur chiqarish hisobiga energiya yuqolishi, nur yutish hisobiga energiya olinishi kompensasiyalanadi. Shu holatga mos keladigan temperaturani nur muvozanati temperaturasi deb ataladi. Nur muvozanati o`z holiga qo`yilgan jismlarning odatdagi holatidan iborat. Nur chiqarish va nur yutish prosesslarini miqdoriy jihatdan baholash uchun ushbu harakteristikalar kiritiladi. Ichki sirti qoraytirilgan va devorida kichkina teshigi bor berk kovakdan iborat jism amalda absolyut qora jismga ancha yaqin bo`ladi. Teshikka tushgan nur kovakning ichki sirtidan ko`p marta qaytganidan keyin amalda qaytib qisman yutiladi.Absolyut qora jism o`ziga tushuvchi nurni yutishi bilan birga, uzi ham nurlanadi. Past temperaturada kovakning teshigi qoraga o`hshab ko`rinadi. Agar kovak yuqori temperaturagacha qizdirilsa, u vaqtda teshik ravshan nurlanayotganday bo`lib ko`rinadi. Ko`z qorachigi va marten pechidagi kuzatish (qarash) teshigi absolyut qora jismlarga misol oladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.Savelyev I.V. Umumiy fizika kursi, t. 1–3.–M, Nauka, 1989–1992.

2.Sivuxin D.V. Umumiy fizika. Mexanika.–T., О‘qituvchi, 1981.

3.Ahmadjonov O.I. Fizika kursi. 1–3 q.–T., О‘qituvchi, 1988–1989.