Jins bilan birikib irsiylanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jins bilan birikib irsiylanish — genlari jinsiy xromosomalari joylashgan belgilarning irsiylanish hodisasi. Bu hodisa amerikalik T. Morgan va uning shogirdlari tomonidan dastlab kapalaklarda kuzatilgan, keyinchalik drozofilada batafsil oʻrganilgan. Drozofilada geterogametali jinsning Uxromosomasi oʻzida boshqa belgilarning genlarini deyarli saqlamaydi, yaʼni irsiy jihatdan inert boʻladi. Shu sababdan X-xromosomada oʻz allel juftiga ega boʻlmaydi. Drozofilada koʻzning qizil rangi dominant A geni, oq rangi esa uning retsessiv alleli orqali boshqarilishi hamda ularning X-xromosomada joylashganligi aniqlangan. Qizil koʻzli erkak drozofila pashshasi oq koʻzli urgʻochi pashsha bilan chatishtirilganida ularning avlodi (F1,)da faqat oq koʻzli erkak pashshalar va faqat qizil koʻzli urgʻochi pashshalar paydo boʻlgan. Bunda gomogametali ona organizmning XA-xromosomasi ham erkak, ham urgʻochi pashshalarga, geterogametali ota organizmning yagona XAxromosomasi esa urgʻochi pashshalarga oʻtganligini koʻramiz.

Odamda daltonizm,gemofiliya kasalliklarining belgilari jins bilan birikib irsiylanadi. Ikkala kasallik ham retsessiv genlar tomonidan boshqariladi, bu genlar X — xromosoma da joylashgan.[1]

Morgan va uning shogirdlari jinsga birikkan holda nasldan naslga o'tishni kiritdilar.Ularning qayd etishicha gen faqat autosomada emas,balki jinsiy xromosomalarda ham joylashgan.Shunday genlar ishtirokida rivojlangan belgilar jinsga bog'liq holda irsiylanadi.y-xromosomaga joylashgan genlar faqat otadan o'g'il bolalarga o'tadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil