Kontent qismiga oʻtish

Jillian Armsbury

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jillian Armsbury
Tavalludi 1962-yil
Vafoti 22-yanvar 2009-yil
Kasbi Musiqachi
Unvoni RMM
Shanachie


Jillian Armsburyqo'shiqchi, qoʻshiqnavis. Vashington shtatida tugʻilgan. Qoʻshiqchi Jillian Armsbury Charanga R&B janrida ijod qilishni birinchi boʻlib boshlab bergan. U Los Jovenes del Barrio guruhining bosh qoʻshiqchisi hisoblanadi. Jazz musiqachisi Mongo Santamaria bilan 1980-yillarning oxirida birgalikda ijod qilgan. Jillian Armsbury Lining „Just No Other Way“ albomida chiqargan „Do You Want My Love“ qoʻshigʻining bastakori edi. U dastlab guruh rahbari Jonni Almendraga turmushga chiqdi. Biroq ayrim sababarga koʻra ajrashib, keyinchalik musiqachi Leon Pendarvis bilan oila qurdi.

Armsbury Vashington shtatida tugʻilib oʻsgan boʻlsa-da, hayotining asosiy qismini AQShning shimoli-gʻarbiy qismidagi Oregon shtatida oʻtkazgan. Nasl-nasabi nemis, ingliz va shotlandiyaliklarga borib taqaladi. U uch yoshga kirganida otasi qora tanli ayolga uylangani uchun oilasi ham qora tanli edi. Jillian jamoat teatrlarida toʻqqiz yoshligidan boshlab ishlay boshlaydi. Bir necha yil rasmiy ravishda raqsni oʻrganib olganidan soʻng Nyu-Yorkdagi Broadwayga ishlamoqchi boʻlib borganda, hatto raqqoslarning ham qoʻshiq aytishini guvohi boʻldi. Vaqt oʻtib, bu voqea uni musiqa va qoʻshiqchilikni oʻrganishga undadi. Boʻlajak qoʻshiqchi Armsbury Areta Franklin, Otis Redding, Jeyms Braun, Jon Koltreyn va Motaunlarni bolaligidan buyon tinglab kelardi[1].

Jillian Los Jovenes Del Barrioguruhiga asos solgan Johnny Almendra bilan turmush qurgan. U George Rivera olib borgan Jazz Con Clave nomli intervyuda Johnny Almendra bilan oʻn yil davomida birga boʻlganini aytgan[2]. U, keyinchalik, Saturday Night Live musiqiy direktori Leon Pendarvis bilan turmush qurgan[3][4][5].

U aʼzosi hisoblangan Los Jovenes del Barrio guruhi Nyu-York lotin musiqasi tarixidagi eng muhim guruhlardan biri hisoblanadi[6][7].

1980-1990-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Armsburyning 1989-yilda Olé Ola albomi Mongo Santamaria tomonidan chiqarilgan[8][9]. Albomning bosh qoʻshigʻi boʻlmish, Diane Bulgarellining „Olé Ola“ kompozitsiyasini kuyladi. Shuningdek, Santamarianing „La Tumba“ kompozitsiyasida ishtirok etdi[10]. 1996-yilda Los Jovenes Del Barrio oʻzining „Evolucionando“ albomini chiqardi. Billboard sharhlovchisi esa uning „Telephone“ va „Stop Slow Down“ qoʻshiqlaridagi yorqin ijrosini yuqori baholadi[11]. Bunday yuqori baho Cashbox jurnalining 10-fevraldagi sonida berilgan edi[12][13]. Armsbury 1998-yil may oyida Baby Zilla bilan birga Nyu-Yorkdagi Downtimeda konsert berdi[14]. U 1999-yilda Yangi Zelandiya va Avstraliyada Coco Leening mashhur qoʻshiqlaridan biri hisoblangan „Do You Want My Love“ qoʻshigʻini birgalikda bastalagan[15].

2000-yilda Rosie OʻDonnellning Another Rosie Christmas albomida vokal qismini ijro etgan[16]. 2007-yil may oyida Laurie Beechman teatrida u Julia Wade bilan uning Julia Wade in A Canvas of Colors nomli shousiga mehmon sifatida chaqirildi[17]. 2008-yilda Jillian Armsbury Funk Filharmonikning Everybody Get Down qoʻshigʻidagi rep janriga oid qismini ijro etdi[18].

Aktivistlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yilda Armsbury 2000-yilda boʻlib oʻtgan Shadow Conventionda volontyor sifstida ishtirok etadi. U giyohvand moddalar isteʼmol qilganlik aybi bilan qamoqqa olingan ota-onalarning etim qolgan bolalar bilan kuy ijro etdi[19].

2001-yilda Armsbury 50ta aʼzodan tashkil topgan va La Mega radiostantsiyasiga qarshi norozilik bildirgan United Musicians Front matbuot kotibi sifatida ham faoliyat yuritgan[20].

2008-yilda Armsberi Janubi-Sharqiy Missuri shtat universitetiga musiqiy direktori Judit Farrisning iltimosiga binoan talabalar bilan suhbatlashish uchun universitetga tashrif buyurgan[23]. Uchrashuvda u talabalar bilan saraton kasalligiga oid tajribasi bilan oʻrtoqlashdi[21][22].

Armsberi mezotelioma sababli 2009-yil yanvar oyida vafot etdi[23][24]. 2009-yilda Janubi-Sharqiy Missouri shtati universitetining Teatr va raqs fakulteti talabalari oʻzlarining „Sweet Charity“ musiqiy asarini Armsberiga bagʻishladilar[25]. Uning xotirasiga bagʻishlangan konsert Mesothelioma amaliy tadqiqot fondi bilan hamkorlikda boʻlib oʻtdi.

  1. Herencia Latina – JILLIAN: IN HER OWN WORDS BY ERIC E. GONZÁLEZ
  2. Jazz Con Clave – Q&A: A Conversation With Johnny Almendra And Jillian by George Rivera
  3. University of Arkansas News, Saturday, March 24, 2018 – 2018 Black Music Symposium: Shaping American, Music Meet the guest artists
  4. Breath of Hope, Fall 2009 – Page 3 (Wayback Machine saytida 2010-07-13 sanasida arxivlangan)
  5. Breath of Hope, Fall 2009 – Page 3 (Wayback Machine saytida 2010-07-13 sanasida arxivlangan)
  6. Billboard, April 27, 1996 – Page 79 LATIN
  7. The Beat, Volume 19 – Bongo Productions, 2000 – Page 31
  8. Cadence, Volume 16, Issues 1-6 – Page 86
  9. Jazz Journal International 1990 – Page 31
  10. Discogs – Mongo Santamaria – Olé Ola, More Images (Back cover)
  11. Billboard Magazine|Billboard, April 27, 1996 – Page 79 LATIN
  12. Cashbox, February 10, 1996 – Page 14 LATIN, REVIEWS By Hector Resendez
  13. Penguin encyclopedia of popular music, Donald Clarke – Page 234
  14. New York Magazine, 17 May 1993 – Page 138 NightLife DIRECTORY, POP/JAZZ
  15. Hitparade.ch – CoCo Lee – Do You Want My Love
  16. AllMusic – Jill Armsbury, Credits
  17. Broadway World, Apr. 23, 2007 – Galt McDermott Among Beechman Theatre May Line-Up by BWW News Desk
  18. All lossless- Funk Filharmonik – Everybody Get Down (2008), Invited musicians: (Wayback Machine saytida 2018-03-27 sanasida arxivlangan)
  19. Razor Wire, Winter 2009, Vol. 12 No. 1 – Page 9 Keeping an Eye on Congress
  20. The New York Times, August 13, 2001 – Latino Radio Gaining Popularity and Scrutiny By MIREYA NAVARRO
  21. Southeast Missourian, Thursday, February 26, 2009 – Dog serves as reminder, participant in Southeastʼs musical 'Sweet Charity' by Chris Harris
  22. Southeast Missourian, Thursday, April 16, 2009 – 'Saturday Night Liveʼ band leader to perform with SEMO students By Alaina Busch
  23. Itʼs About Time – Children of Struggle By Chuck Armsbury
  24. Herencia Latina – Jillian, (1962 – 2009) Por Eric E. González
  25. Southeast Missourian, Thursday, February 26, 2009 – Dog serves as reminder, participant in Southeastʼs musical 'Sweet Charity' by Chris Harris