Kontent qismiga oʻtish

Jess Park

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jess Park
Park Angliya terma jamoasida 2021-yildan beri to'p suradi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jessica Park
Tavallud sanasi 21-oktyabr 2001-yil (2001-10-21) (22 yosh)
Tavallud joyi Brough, East Yorkshire, Angliya
Boʻyi 1.61 m (5 ft 3 12 in)
Ampluasi Markaziy hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester City
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Hull City
2017 York City
2017 Manchester City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017– Manchester City 44 (4)
2022–2023Everton (ijara asosida) 17 (3)
Milliy terma jamoa
2017–2018 Angliya U17 13 (8)
2018–2020 Angliya U19 19 (24)
2022– Angliya U23 3 (0)
2022– Angliya 8 (1)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(04:40, 19-may 2024-yil (utc) uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (9-aprel uchun)

Jessica Park (21-oktabr 2001-yilda tugʻilgan) – ingliz professional futbolchisi, u Manchester Cityning ayollar jamoasida va Angliya milliy jamoasida markaziy xujumchi rolida oʻynaydi. U „Manchester City“ bilan ikki marta Liga Kubogida va bir marta FA Cupda gʻolib boʻldi. U Angliya terma jamoasi bilan U17 va U19 jamoalari bilan oʻynagan va hozirda asosiy jamoada ham oʻynamoqda: Angliya professional jamoasi va Angliya U-23 jamoasi.

Klubdagi faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manchester City[tahrir | manbasini tahrirlash]

Park 6-dekabrda 2017-yilda Manchester City safida oʻzining ilk katta debyutini qildi. 2017-18-yilgi FA WSL kubogida Doncaster Belles ustidan qozonilgann 3-2 hisobidagi gʻalabada maydonga zahiradan tushdi. 2018-yil 5-dekabr kuni u klub safidagi oʻzining birinchi golini Sheffield United qarshi 6-0 gʻalabasi bilan kiritdi, keyinchalik 13-dekabr kuni Aston Villa qarshi 4-0 hisobidagi gʻalabasida ham gol urdi, bu esa Cityga 2018-19-yilgi Liga kubokini yutishga yordam berdi.

Park 17 yoshida 2019-yil 25-sentabr kuni Luganoga qarshi 4-0 hisobidagi gʻalabasi bilan UEFA chempionlar ligasida ozining asosiy tarkibdagi debyutini qildi[1].

2020-yil 16-fevral kuni u 2019-20 FA Cupda Ipswich Townga qarshi 10-0 hisobidagi gʻalabada oʻzing uchta hattrickidan birini amalga oshirdi [2] [3]. 4-aprel kuni Park Manchester City bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi va u klubda 2023-yilgacha qoladigan boʻldi[4]. 1-noyabr kuni u 2020-yilgi FA Cup finalida 70-daqiqada zahiradan maydonga tushdi va natijada 3-1 hisobida gʻalaba qozondi[5][6][7].

2021-yil 13-oktabr kuni 2021-22-yilgi Liga kubogida Park Evertonga qarshi guruh bosqichida 5-1 hisobida gʻalaba qozondi, undan keyin Tottenham Hotspurga qarshi yarim final oʻyinida 3-0 hisobida gʻalabada ochilish golini kiritdi kiritdi, shuningdek, ikkita golli uzatma berdi [8] va bu mavsumda Cityga musobaqaning gʻolibi boʻlishiga yordam berdi[9][10][11]. U 2021-2022- yilgi mavsum uchun Manchester City Rising Star mukofotiga sazovor boʻldi [12].

14-iyun 2022-yilda Park klub uchun 57 oʻyinda 9 ta gol urganidan soʻng, 2026-yilgacha Manchester City bilan uch yillik shartnoma imzoladi [13]. Imzolaganidan soʻng u: „Bu mening klubim va men bu yerda boʻlishni xohlayman“ deb aytdi. Bosh murabbiy Gareth Taylor Parkni „ cityda rejalarimizning juda katta qismi“ deb aytadi[14].

2023-yil sentyabr oyida North West Football Awards Rising Star mukofotiga nomzod boʻldi [15]. 11-oktabr kuni, 2023-24 yilgi Ligasi kubogida, u sobiq klub Evertonga qarshi 2-1 hisobida gʻalaba qozondi, keyinchalik Liverpulga qarshi oʻyindagi goli 8-noyabr kuni 4-3 hisobida gʻalabaga olib keldi[16][17]. 2024-yil 7-fevral kuni turnirning chorak finalida Park Yui Hasegavaga Tottenham Hotspurga qarshi gʻalaba qozonish uchun yordam berdi [18]. Toʻqqiz kun oʻtgach, WSLning birinchi oʻyinida Park Chelseaning 22 oʻyinli gʻalabali seriyasini tugatishda muhim rol oʻynadi[19][20]. Park „Guardian“ tomonidan „City“ ning „oʻyindagi va undan tashqari“ "oʻziga xos „oʻyinchisi“ sifatida tasvirlangan[21].

Everton (ijara asosida)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 15-iyul kuni u Everton jamoasi bilan 2022-2023-yilgi mavsum uchun ijara shartnomasini. imzolaganini eʼlon qildi[22][23]. U 2022-2023-yilgi Liga kubogida Park Sheffield United qarshi oʻyinda (2022-yil 26 noyabr) 3-0 hisobida gʻalaba qozondi[24] va Manchester Unitedga qarshi 7-dekabrdagi oʻyinda 4-2 hisobi bilan magʻlub boʻldi, hamda u ushbu oʻyinlarda gol kiritdi[25].

Park 2023-yil 12-mayda mashq paytida sonidan jarohat olganidan soʻng Manchester Sitiga qaytdi. Everton bilan u 22 ta oʻyin oʻynadi, beshta gol uradi va beshta golli uzatma beradi [26] [27].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Wrack, Suzanne. „Janine Beckie's hat-trick steers Manchester City into Champions League last 16“ (en-GB). The Guardian (2019-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 6-fevral.
  2. „Man City cruise past Ipswich in FA Cup“ (en-GB). BBC Sport (2020-yil 16-fevral). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  3. Wrack, Suzanne. „Manchester City trio all get hat-tricks in crushing 10-0 win over Ipswich“ (en-GB). The Guardian (2020-yil 16-fevral). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  4. Oatway. „Jess Park pens first professional deal“. Manchester City FC (2020-yil 4-aprel). Qaraldi: 2020-yil 4-aprel.
  5. Burnton, Simon. „Women's FA Cup final: Everton 1-3 Manchester City – as it happened“ (en-GB). the Guardian (2020-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 6-fevral.
  6. Garry, Tom. „Man City win FA Cup after extra time“ (en-GB). BBC Sport (2020-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 6-fevral.
  7. „Everton 1-3 Manchester City“. womenscompetitions.thefa.com. Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  8. Garry, Tom. „Jess Park stars as Manchester City brush aside Spurs to set up League Cup final showdown with Chelsea“ (en-GB). The Telegraph (2022-yil 3-fevral). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  9. „City topple Toffees in dream Continental Cup opener“. www.mancity.com (2021-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  10. „City sink Spurs to reach Conti Cup Final“. www.mancity.com (2022-yil 3-fevral).
  11. „Watch: Man City beat Chelsea to win Women's League Cup - reaction“ (en-GB). BBC Sport (2022-yil 4-mart). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  12. „Park signs new Man City contract“ (en-GB). BBC Sport (2022-yil 14-iyun). Qaraldi: 2024-yil 6-fevral.
  13. „Park signs new Man City contract“ (en-GB). BBC Sport (2022-yil 14-iyun). Qaraldi: 2024-yil 6-fevral.
  14. Oatway. „Jess Park pens new deal“. Manchester City FC (2022-yil 14-iyun). Qaraldi: 2022-yil 5-oktyabr.
  15. Kelsey, George. „Five City stars up for NWFA Awards“. www.mancity.com (2023-yil 4-sentyabr).
  16. „Man City beat Everton – Women's League Cup round-up“ (en-GB). BBC Sport (2023-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  17. „Liverpool v Manchester City“ (en-GB). BBC Sport (2023-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  18. „Tottenham Hotspur Women 0–1 Manchester City Women“ (en-GB). BBC Sport (2024-yil 7-fevral). Qaraldi: 2024-yil 25-fevral.
  19. Downey, Sophie. „Jess Park is Manchester City's surprise revelation as title race is blown open“ (en-GB). The Guardian (2024-yil 16-fevral). Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
  20. Sanders, Emma. „Man City win at Chelsea to go level at top of WSL“ (en-GB). BBC Sport (2024-yil 16-fevral). Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
  21. Ruszkai. „Are you watching, Sarina Wiegman? Winners & losers as Jess Park makes incredible case for Lionesses spot as Man City blow WSL title race wide open with vital win at Chelsea“ (en-IN). Goal.com (2024-yil 16-fevral). Qaraldi: 2024-yil 25-fevral.
  22. Kelsey. „Park completes Everton loan switch“. Manchester City FC (2022-yil 15-iyul). Qaraldi: 2022-yil 5-oktyabr.
  23. „Park Signs for Everton“. Everton FC (2022-yil 15-iyul). Qaraldi: 2022-yil 5-oktyabr.
  24. Hughes. „Blues Secure Dominant Win Over Blades“. www.evertonfc.com (2022-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  25. Hill. „Man United Women match report vs Everton 07 December 2022“. www.manutd.com (2022-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  26. „Everton loanee Park out for rest of season“ (en-GB). BBC Sport (2023-yil 12-may). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  27. „Park Injury Update“. www.evertonfc.com (2023-yil 12-may). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.